Qandov Bahodir Mirzaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Globallashuv jarayonida inson huquqlarining ijtimoiy-falsafiy tahlili», 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fal486.
Ilmiy rahbar: To‘ychiev Berdiqul To‘raqulovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, PhD. DSs.03/30.12.2019.F.01.05.
Rasmiy opponentlar: Do‘stmurod Norqulov, falsafa fanlari doktori, professor; Abduxoliq Safarov, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: globallashuv jarayonida O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini ta’minlash borasidagi tajribalarni va muammolarni ijtimoiy-falsafiy tadqiq etishdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlarining O‘zbekistonda sodir bo‘ladigan islohotlarga va milliy demokratik taraqqiyotga ta’siri umumiylik va tizimlilik usuli orqali isbotlangan;
global huquq shakllanayotgan sharoitda O‘zbekstondagi milliy-huquqiy tizimning inson huquqlarini ta’minlashdagi o‘rni asoslangan;
xalqaro va milliy xavfsizlikni ta’minlashdagi davlatlararo hamkorlik dunyoda tinchlik o‘rnatish kafolati ekanligi dalillangan;
O‘zbekistonda demografik, ekologik muammolarni va ishsizlikni tugatish amalga oshirilayotgan islohotlar va inson huquqlarini ta’minlash bilan bog‘liqliq holda hal etilayotgani asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Globallashuv jarayonida inson huquqlarining ijtimoiy-falsafiy tahlili bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“globallashuv” tushunchasining mohiyati, unining ichki xususiyatlari, globallashuv jarayonlarining suveren davlatlardagi inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda milliy-huquq tizimining inson huquqlariga oid ilmiy natijalardan «O‘zbekistonda suvga munosabat, xalqimizning ekologik va ijtimoiy tafakkurini yangilash mexanizmlarini takomillashtirish» nomli amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 23 sentyabrdagi 89-03-3613-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari suveren davlatlardagi inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlashda milliy-huquq tizimning ustivorligi to‘g‘risidagi amaliy tadqiqot uchun nazariy masalalar echimini ta’minlab, ijtimoiy-gumanitar sohalar bo‘yicha fan dasturlarining sifatini yaxshilashga xizmat qilgan;
jahonda yangi va zamonaviy huquq tizimi shakllanayotgan hozirgi sharoitida global huquqiy makondagi o‘zgarishlar va innovatsiyalarning O‘zbekistonning demokratik huquqiy davlat qurish strategik maqsadi bilan chambarchas bog‘liqligi bo‘yicha xulosalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazining “Jahonda kechayotgan globallashuv jarayonlarining O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga, milliy demokratik taraqqiyotga ta’siri” amaliy loyihasida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Markazining 2019 yil 7 noyabrdagi 1497-son ma’lumotnomasi). Erishilgan natijalar aholining huquqiy savodxonligini yuksaltirishga xizmat qilib, mamlakatimiz rahbariyati tomonidan “Harakatlar strategiyasi”da belgilab berilgan dasturiy vazifalarning muayyan darajada amalga oshishiga xizmat qilgan;
dissertatsiyaning O‘zbekistonda ijtimoiy-demografik, ekologik, ishsizlikni tugatish, mintaqada tinchlikni, barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni sog‘lomlashtirish kabi global muammolarga duch kelayotgani, ularni hal qilish esa amalga oshirilayotgan islohotlar va inson huquqlarini ta’minlash bilan bog‘liqligiga doir xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining “O’zbekiston tarixi” telekanalining dasturini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 21 oktyabrdagi 02-40-2186-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari respublikada ommaviy axborot vositalari orqali tarixiy qadriyatlarimiz targ‘ibida respublika aholisining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, aholi tafakkurini boyitishga xizmat qilgan.