Shaxmurova Gul`nara Abdullaevnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Eksperimental sharoitda fitoekdisteroidlarni me’yoriy va turli patologik holatlarda immunogenezga samaradorligini baholash», 14.00.36–Allergologiya va immunologiya; 14.00.17–Farmakologiya va klinik farmakologiya (biologiya fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /biologiya fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.V126.

Ilmiy maslahatchilar: Batirbekov Akram Anvarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor;

Sirov Vladimir Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Immunologiya instituti va Toshkent tibbiyot akademiyasi, 14.07.2016.Tib.16.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Zalyalieva Mar`yam Valiaxmedovna, biologiya fanlari doktori, professor; Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aminov Saloxitdin Djuraevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyodan ajratib olingan fitoekdisteroidlarni me’yorda va ikkilamchi immun tanqislikda immunmodullovchi sifatida eksperimental baholash, amaliy foydalanish imkoniyatlarini asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor fitoekdisteroidlar immunmodullovchi va immunrag‘batlovchi vositalar sifatida hamda ularning kimyoviy strukturasining immunotrop ta’siri bilan o‘zaro aloqadorligi aniqlangan; 

ekdisteron va turkesteron, shuningdek tarkibida fitoekdisteroidlar jamlangan Silene viridiflora, Silene brahuica va Ajuga terkestanicadan olingan preparatlar hayvonlar organizmidagi immun jarayonlarni  rag‘batlantirishi aniqlangan;

intakt hayvonlarda stress, uzoq muddat jismoniy harakat, toksik gepatit, nur kasalligi va anemiyada rivojlanadigan ikkilamchi immun tanqisligida immunitetning markaziy va periferik organlaridagi hujayralar umumiy sonining ortishi, eritro- va leykopoezining stimulyasiyasi aniqlangan;

fitoekdisteroidlar immun javobda antigenlar raqobati fenomenini bekor qilishi, qon hosil qiluvchi ildiz hujayralar proliferatsiyasi stimulyasiya qilishi va timus hujayralarining mitoz faoliyatini kuchaytirishi aniqlangan;

ilk bor fitoekdisteroidlarning patologiya oldi va patologik holatlar funksional-metabolik ko‘rsatkichlariga immunotrop va farmakokorregirlovchi ta’sirining o‘zaro bog‘liqligi isbotlangan;

fitoekdisteroidlar yuqori oqsil sintezlovchi faolligini hisobiga ikkilamchi immun tanqislik holatlarida hujayraviy immunitet va fagotsitoz faoliyatini rag‘batlantirishi, biokimyoviy va fiziologik jarayonlarni boshqarishi aniqlangan;

fitoekdisteroidlar polifunksional vosita sifatida jarayonlarni rahbatlovchi, oqsil-anabolik xususiyatli va immun tizimidagi ikkilamchi immun tanqislik holatlarini korregirlovchiligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Eksperimental sharoitda fitoekdisteroidlarni me’yoriy va turli patologik holatlarda immunogenezga samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

tarkibida fitoekdisteroidlar jamlangan preparatlarni antitelogenez jarayonlari, immunitet ko‘rsatkichlariga ta’sirini baholash yuzasidan ishlab chiqilgan «Fitoekdisteroidlar immunmodullovchi vosita sifatida qo‘llanishining istiqbollari» uslubiy qo‘llanma Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan  (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2009 yil 28 avgustdagi 83/36-son ma’lumotnomasi). Uslubiy qo‘llanma  fitoekdisteroidlar yangi xususiyatlarini ochish hamda ularning patologik holatlarda funksional-metabolik ko‘rsatkichlarga immunotrop va farmakokorregirlovchi ta’sir mexanizmini aniqlash imkonini beradi;

fitoekdisteroidlarning eng samarali immun rag‘batlovchi ta’siri plazmatik hujayralarning oqsil sintezlovchi faoliyatining produktiv davrida namoyon bo‘lishi va immun javobda antigenlar raqobati fenomenini bekor qilishi asosida antitelolar sonini orttirishi sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 1 noyabrdagi 8n-d/66-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijada immun tizimida o‘zgarishlar bilan kechadigan bemorlarda hamda sportchilarning intensiv mashq va musobaqa jarayonidagi holatlarini optimallashtirishga, surunkali kasalliklar remissiya davrini uzaytirishga va dori-darmonga muhtojlikni kamaytirish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish