Xatamov Baxodir Baxromovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘p funksional maxsus texnika va moslashgan metodologik bazasini yaratish orqali murakkab majmualarning yong‘in xavfsizligini oshirish», 05.10.02 – Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1376.
Ilmiy rahbar: Mavlyankariev Baxtiyor Abdugafurovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: I.M. Gubkin nomidagi (MTU) Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T/Ped.99.01.
Rasmiy opponentlar: Djuraev Anvar, texnika fanlari doktori, professor; Kurbanbaev Shuxrat Ergashevich, texnika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi murakkab ob’ektlarning yong‘in xavfsizligini oshirishning ko‘p funksional maxsus texnika va moslashgan metodologik bazasini yaratish orqali takomillashtirilgan usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
murakkab ob’ektlarning yong‘in xavfsizligini oshirishning ko‘p funksional maxsus texnika va moslashgan metodologik bazasini yaratish orqali takomillashtirilgan usullari ishlab chiqilgan;
ko‘p funksional maxsus texnikani yaratishning ilmiy asoslangan konsepsiyasi va uning negizi – murakkab ob’ektlar yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik ta’minlashning dasturiy-maqsadli boshqaruvining uch bosqichli modeli ishlab chiqilgan;
ko‘p funksional maxsus texnika hayot siklining barcha bosqichlarini tizimli ravishda kompleks ko‘rib chiqishning tashkiliy-tarkibiy prinsipi, texnik qayta tahlil qilish jarayoni hamda maxsus texnikaning istiqbolli konstruksiyalari ishlab chiqilgan; 
ko‘p funksional maxsus texnikalardan samarali foydalanish uchun moslashgan metodologik bazis va murakkab ob’ektlarni loyihalash va ularni keyingi transformatsiya bosqichlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashning takomilashtirilgan uslubi ishlab chiqilgan;
murakkab ob’ektlarning yong‘in xavfsizligi samaradorligini oshirish manbai sifatida qo‘llaniladigan qo‘llab-quvvatlovchi tahliliy-axborot bazasini shakllantirish uchun platforma ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Ko‘p funksional maxsus texnika va moslashgan metodologik bazasini yaratish orqali murakkab ob’ektlarning yong‘in xavfsizligini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
murakkab ob’ektlarning yong‘in xavfsizligini oshirishning ko‘p funksional maxsus texnika va moslashgan metodologik bazasini yaratish orqali takomillashtirilgan usullari «SHTAR SYSTEM» MChJda texnik tizimlarni ekspluatatsiya sharoitlarga moslashtirish, ularning montaj ishlari hajmini va xizmat ko‘rsatish davriyligini qisqartirish jarayonida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2020 yil 26 sentyabrdagi 2/4/32-2146-son ma’lumotnomasi). Natijada, yong‘in signalizatsiya tizimlarini qo‘llashda ishlamay qolish muddatining o‘rtacha 8 oyga uzaytirilishi va qayta tiklash sarf-xarajatlarining 1,75 martaga kamayishi aniqlangan;
murakkab ob’ektlarning yong‘in xavfsizligini ilmiy-texnik ta’minlash dasturiy-maqsadli boshqaruvining uch bosqichli modeli va qo‘llab-quvvatlovchi tahliliy-axborot baza – «Bilimlar ekspert bazasi» ni shakllantirish uchun platforma asosidagi ko‘p funksional maxsus texnikani yaratishning ilmiy asoslangan konsepsiyasi «Vinlad» maxsus ishlab chiqarish korxonasida ilmiy tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari reestriga, sinov sikli standartlari rejasiga, lisenziyalash huquqlarini rivojlantirish va kengaytirish rejasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining 2020 yil 26 sentyabrdagi 2/4/32-2146-son ma’lumotnomasi). Natijada, murakkab ob’ektlarni kompleks va yong‘indan himoya qilish loyihalashtirish xarajatlari 1,4-1,8 baravarga, ishlab chiqarish yo‘qotishlarining 3,5 foizga kamayishi, samaradorlikning 1,5 baravarga oshishiga erishilgan; 
ko‘p funksional maxsus texnika hayot siklining barcha bosqichlarini tizimli ravishda kompleks ko‘rib chiqishning tashkiliy-tarkibiy prinsipi va texnik qayta tahlil qilish algoritm yong‘inni o‘chirish usulini, yong‘in o‘chiruvchi moddali konteynerni uloqtiruvchi qurilmasi va yong‘in xabarlovchilarni ishlab chiqishda joriy qilingan va ularga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patentlari olingan («Yong‘in o‘chiruvchi moddani etkazish usuli», № IAP 04479, 2012 y.; «Yong‘in o‘chiruvchi moddali konteynerni uloqtiruvchi qurilma va konteyner», № IAP 04480, 2012 y.; «Yong‘in xabarlovchisi», № IAP 04653, 2013 y.; «Yong‘in xabarlovchisi», № IAP 04679, 2013 y.). Natijada, yong‘in o‘chog‘iga yong‘in o‘chiruvchi moddani etkazib berish usuli va uni amalga oshirish ko‘p funksiyali qurilmasini, elektr simlarining yong‘in boshlanish holatini erta aniqlovchi yong‘in xabarlovchisini, yong‘in o‘chog‘ini erta aniqlashtiruvchi va uni bartaraf qiluvchi xabarlovchisini ishlab chiqish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish