Eshmatov G‘ayrat Xurram o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qorako‘l qo‘ylar serpushtligiga Ferula assafoetida o‘simligining ta’siri», 16.00.04-Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigienasi va veterinar-sanitariya ekspertizasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/V42.
Ilmiy rahbar: Niyozov Xakim Bakoevich, veterinariya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01. 
Rasmiy opponentlar: Salimov Yunus, veterinariya fanlari doktori, dotsent; Yuldashov Soatboy Jiyanboevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning Qizilqum hududida o‘suvchi Ferula assafoetida o‘simligining qorako‘l qo‘ylar serpushtligiga ta’sir etuvchi miqdor va me’yorlarini aniqlashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor respublikamizning cho‘l xududlarida o‘sadigan Ferula assafoetida o‘simligi ildizi shirasidan tayyorlangan spirtli ekstraktning kalamushlarga estrogen ta’siri aniqlangan; 
quyonlar omixta emiga 5% Ferula assafoetida o‘simligi donidan qo‘shib berilganda chatishtirish natijasida olingan quyon bolalarining mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri 10% qo‘shib berilgandagiga nisbatan yuqori bo‘lishi tajribalarda isbotlangan;
Ferula assafoetida o‘simligi donidan qorako‘l qo‘ylarning omixta emiga 50 grammdan qo‘shib berilganda qorako‘l qo‘ylar qonining morfologik, biokimyoviy va immunologik ko‘rsatkichlari hamda qorako‘l qo‘chqorlari urug‘ hujayrasining sifat va miqdor ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir etmasligi aniqlangan;
Ferula assafoetida o‘simligi donidan qorako‘l qo‘ylar va qo‘chqorlar ratsioniga 50 grammdan qo‘shib berish natijasida, ularni o‘zaro chatishtirish orqali olingan qo‘zilar soniga hamda ularning mahsuldorligiga ijobiy ta’siri aniqlangan; 
Ferula assafoetida o‘simligi donining qorako‘l qo‘ylar va qo‘chqorlar serpushtligiga ijobiy ta’sir etuvchi me’yor va miqdorlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ferula assafoetida o‘simligining qorako‘l qo‘ylar serpushtligiga ta’siri bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
Ferula assafoetida o‘simligi donining qorako‘l qo‘ylar va qo‘chqorlar serpushtligiga ijobiy ta’sir etuvchi me’yor va miqdorlari aniqlanib, uning salbiy ta’sirining oldini olish chora-tadbirlari Buxoro viloyati Qoravulbozor, G‘ijduvon va Jondor tumanlarining qorako‘lchilik xo‘jaliklarida joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 18 avgustdagi 02/23-281-son ma’lumotnomasi). Natijada qorako‘l qo‘ylar serpushtiligiga Ferula assafoetida o‘simligi donining salbiy ta’siri kamaytirilib, mahsuldorlikning pasayishi va qo‘zilarning nobud bo‘lishining oldini olishga erishilgan;
«Qorako‘l qo‘ylar serpushtiligiga Ferula assafoetida o‘simligining ta’siri va uning oldini olish bo‘yicha tavsiyanoma» tasdiqlanib, Buxoro va Navoiy viloyatlari qorako‘lchilik xo‘jaliklarida qorako‘l qo‘ylari va qo‘chqorlari serpushtligiga Ferula assafoetida o‘simligi donining ijobiy ta’sir etuvchi me’yor va miqdorlari aniqlanib joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 18 avgustdagi 02/23-281-son ma’lumotnomasi). Natijada qorako‘lchilik xo‘jaliklarida qorako‘l qo‘ylari va qo‘chqorlari serpushtligiga Ferula assafoetida o‘simligi donining salbiy ta’sirining oldini olish imkoniyati yaratilgan;
Ferula assafoetida o‘simligi donining qorako‘l qo‘ylari va qo‘chqorlari serpushtligiga ijobiy ta’sir etuvchi me’yor va miqdorlari bo‘yicha ishlab chiqilgan kompleks usullar Buxoro viloyati Qoravulbozor, G‘ijduvon va Jondor tumanlari qorako‘lchilik xo‘jaliklarida joriy etilgan (Respublika «Qorako‘lchilik» uyushmasining 2020 yil 23 iyuldagi 39/01-96-son ma’lumotnomasi).

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish