Uljaboev Alijon Abdullajonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turlicha sho‘rlangan tuproqlarning g‘o‘za defoliatsiyasi samaradorligiga ta’sirini o‘rganish (Farg‘ona vodiysi sharoitida)”, 06.01.08 – «O‘simlikshunoslik» (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Qx209.
Ilmiy rahbar: Teshaev Fatulla Jo‘raqulovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05.30.12.2019.Qx/B.42.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedov Djamolxon Xo‘jaxonovich, biologiya fanlari doktori, professor; Axmedov Almon Usmanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysining turlicha sho‘rlangan o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida etishtirilgan o‘rta tolali Sulton g‘o‘za navida mahalliy UzDEF va FanDEF defoliantlarini qo‘llashning maqbul me’yorlari va ularning g‘o‘zadagi samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Andijon viloyatida sho‘rlanmagan, kuchsiz va o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlari sharoitida o‘rta tolali Sulton g‘o‘za navida UzDEF va FanDEF defoliantlarini qo‘llashning maqbul me’yorlari hamda ularning samaradorligi ishlab chiqilgan;
turli darajada sho‘rlangan tuproq sharoitida Sulton g‘o‘za navi chigitlari unib chiqishi aniqlangan;
turli darajada sho‘rlangan tuproqlarning g‘o‘za nihollari o‘sib rivojlanishi, barg sathining o‘zgarib borishi, barg plastinkasining qalinligi, hujayra shira konsentratsiyasi, hosil shoxi bo‘g‘in oraliqlari hamda ko‘sak bo‘g‘in oraliqlari, hosil to‘plashi va ko‘saklarning ochilishiga ta’siri aniqlangan;
turli darajada sho‘rlangan tuproqlarda Sulton g‘o‘za navi ko‘saklari 45-50% ochilgan muddatda mahalliy UzDEF va FanDEF defoliantlarini qo‘llashning maqbul me’yorlari aniqlanib, ularning g‘o‘za barglari to‘kilishi, ko‘saklar ochilishi, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni, paxta hosildorligi va birinchi terim salmog‘iga hamda tolaning texnologik sifat ko‘rsatkichlari shuningdek, chigitning sifatiga defoliantlarning ta’siri aniqlangan;
turli darajada sho‘rlangan maydonlarda etishtirilgan Sulton g‘o‘za navida qo‘llanilgan UzDEF va FanDEF defoliantlarining iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysining turlicha sho‘rlangan o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida etishtirilgan o‘rta tolali Sulton g‘o‘za navida mahalliy UzDEF va FanDEF defoliantlarini qo‘llashning maqbul me’yorlarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
turlicha sho‘rlangan maydonlarda g‘o‘zani sifatli defoliatsiya qilish bo‘yicha «Andijon viloyatining turlicha sho‘rlangan o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida o‘rta tolali «Sulton» g‘o‘za navida sifatli defoliatsiya o‘tkazish bo‘yicha tavsiyanoma» tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 15 sentyabrdagi 02/025-2927-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma Respublikada paxta etishtiruvchi fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda;
sho‘rlanmagan maydonlarda defoliantlarni qo‘llash texnologiyasini Andijon viloyatining Ulug‘nor va Bo‘ston tumanlari fermer xo‘jaliklarida 109,7 gektarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 15 sentyabrdagi 02/025-2927-son ma’lumotnomasi). Natijada UzDEF va FanDEF defoliantlari 7,0 l/ga me’yorda qo‘llanilganda ko‘saklar 87,0-90,6% ga ochilgan hamda 33,7 s/ga yoki nazoratga nisbatan 2,3-2,6 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olinib, rentabellik darajasi 6,3-7,3 foizga oshishiga erishilgan;
Andijon viloyatining kuchsiz sho‘rlangan maydonlarida UzDEF va FanDEF defoliantlarini 7,0 l/ga me’yorlarda qo‘llash 116,0 gektarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 15 sentyabrdagi 02/025-2927-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida UzDEF va FanDEF defoliantini 7,0 l/ga me’yorda qo‘llanilganda ko‘saklar 89,1-91,5% ga ochilib, o‘rtacha hosil 30,5 s/ga yoki nazoratga nisbatan 2,3-2,4 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olinib, rentabellik darajasi 7,0 foizga oshishiga erishilgan;
Andijon viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan maydonlarida UzDEF va FanDEF defoliantlarni 5,0-6,0 l/ga me’yorlarda qo‘llash bo‘yicha ishlanmalar 82,0 gektarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 15 sentyabrdagi 02/025-2927-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida FanDEF va UzDEF defoliantlarini 5,0-6,0 l/ga me’yorlarda qo‘llanilganda ko‘saklar 89,2-92% ga ochilib, gektaridan 27,4-27,9 s/ga yoki nazoratga nisbatan 1,9-2,0 s/ga qo‘shimcha paxta hosili olinib, rentabellik darajasini 8,3 foizga oshishiga erishilgan.