Salimova Iroda Yunus qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Esfenvaleratga toksikologik jihatdan baho berish va uning hayvonlar reproduktiv faoliyatiga ta’siri», 16.00.04 – Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigienasi va veterinar-sanitariya ekspertizasi (veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/V41.
Ilmiy rahbar: Xoliqov Abror Azamovich, veterinariya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti, DSc.06/30.12.2019.V.12.01. 
Rasmiy opponentlar: Niyozov Xakim Bakoevich, veterinariya fanlari doktori; Yuldashov Soatboy Jiyanboevich, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Esfenvalerat piretroidining sichqonlar va quyonlar organizmiga hamda ularning reproduktiv faoliyati ontogeneziga ta’siridagi zaharlilik va xavflilik darajasini aniqlash hamda undan zaharlanishlarning farmakoprofilaktikasi va farmakoterapiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor esfenvalerat piretroidining quyonlar organizmi uchun o‘tkir zaharlovchi miqdor ko‘rsatkichlari aniqlangan;
esfenvaleratning quyonlar organizmidagi toksikodinamikasi va kinetikasi aniqlangan;
esfenvaleratdan zaharlangan quyonlar go‘shtining sifati va iste’molga yaroqlilik darajasi aniqlangan;
esfenvaleratdan zaharlangan quyonlarni farmakologik vositalar bilan davolashning samarali usuli ishlab chiqilgan;
esfenvaleratning sichqon va quyonlarning reproduktiv faoliyatiga  salbiy ta’siri aniqlangan;
esfenvaleratning quyonlar oziqasidagi ruxsat etiladigan eng yuqori qoldiq miqdori aniqlangan;
esfenvalerat ta’sirida sichqon va quyonlarning reproduktiv faoliyati buzilishlarining farmakoprofilaktikasi va farmakoterapiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Zamonaviy piretroidlar guruhiga mansub bo‘lgan esfenvalerat preparatining toksikologik ta’sir xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«O‘zbekiston chorvachiligida pestisidlar qo‘llanishidan yuzaga keladigan zaharlanishlarni va ular ta’siridan keyingi boshqa salbiy oqibatlarining oldini olish bo‘yicha», «Kimyoviy vositalar ta’siridan hayvonlar organizmida yuzaga keladigan immun etishmovchiliklarini oldini olish va davolash bo‘yicha» va «Pestisidlar va boshqa kimyoviy toksikantlar ta’siridan hayvonlar ko‘payish organlarida sodir bo‘layotgan patologiyalar va ularni oldini olish choralari bo‘yicha» tavsiyalar ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 26 iyundagi 02/23-24-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanomalarni veterinariya amaliyotida qo‘llanishi natijasida sun’iy piretroidlar ta’siridan hayvonlar organizmida yuzaga keladigan turli darajadagi zaharlanishlarni oldi olinishiga hamda ular ta’siridan keyingi patologik jarayonlarni samarali davolashga zamin yaratildi;
Esfenvalerat piretroididan quyonlarning zaharlanishlarini va preparat ta’siridan reproduktiv foliyatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olish va davolash maqsadida gamavit, fosprenil hamda meksidol preparatlaridan iborat vositalarni qo‘llashga asoslangan samarali farmako-profilaktik davolash usuli Samarqand viloyatining Ishtixon hamda Kattaqo‘rg‘on tumanlari fermer xo‘jaliklaida joriy etilgan (Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 26 iyundagi 02/23-24-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ushbu kompleks farmakoprofilaktik davolash usulini qo‘llash orqali sarflangan 1 so‘m xarajatga 4,71 so‘m iqtisodiy samara olishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish