Eshmirzaev Alisher Pardaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mahalliy zot pillalardan FY-2008 chuvish avtomatida xom ipak olishning ratsional rejimlarini ishlab chiqish va asoslash”, 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T800.
Ilmiy rahbar: Gulamov Azamat Eshankulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Muqimov Mirabzal Mirayubovich, texnika fanlari doktori, professor; Raximov Alisher Yusupjonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston tabiiy tolalar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yangi mahalliy zot duragay pillalarini FY-2008 dastgohida chuvishning ratsional rejimlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suvli muhitda cho‘ktirilgan pillalarning bir o‘lchovli harakatlarining nazariy modellari yaratilgan;
nazariy modellar yordamida qayishqoqlikning bog‘liqlik koeffisientining pasayishi hamda vaqt qiymatini oshishi bilan pillani tebranish chastotasini va ip uzilishlarini kamayishi qonuniyatlari aniqlangan;
xom ipakni shakllanishi jarayonida chirmovni hosil qiluvchi roliklar tizimini, bir-biriga bog‘liqlik matematik modeli tuzilgan hamda uning xom ipakni shakllanishi va tarkibidagi namlikni kamayishiga ta’siri isbotlangan;
FY-2008 rusumli pilla chuvish avtomatida yuqori sifatli xom ipak ishlab chiqarish uchun texnologik rejimlari ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yangi mahalliy duragay pillalarni chuvish va yuqori sifatli xom ipak olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
yangi mahalliy duragay pillalarni chuvish va yuqori sifatli xom ipak olish texnologiyasi “BUKHARA BBRILLIANT SILK” QKda joriy qilingan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2019 yil 1 avgustdagi 4-2/1606-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy duragay pillalaridan xalqaro standart talablarining “3A” sinfiga mos xom ipak olish imkonini yaratilgan;
ishlab chiqilgan chuvishning ratsional rejimlari “XORAZM IPAGI” korxonasida joriy etilgan (“O‘zbekipaksanoat” uyushmasining 2019 yil 1 avgustdagi 4-2/1606-son ma’lumotnomasi). Natijada, xom ipakning nisbiy uzilish kuchini 11,3 cN/tex ga, xom ipakning chiqishini 9% ga oshirish imkoniga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish