Xusanov Sadi Maxamatjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pnevmotransport qurilmasi elementlarini takomillashtirish”, 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T742.
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Alisher Zulunovich, texnika fanlari doktori, professor; Bobomatov Abdug‘ani Xusainovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi pnevmotransport tizimida separator qurilmasi konstruksiyasini takomillashtirish orqali paxta xom ashyosini havo oqimidan, tabiiy sifat ko‘rsatkichlarini saqlagan holda ajratib olish va uning tarkibidagi mayda iflosliklarni samarali tozalash hamda separatorda tola yo‘qolishini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani tashuvchi havodan ajratib olish jarayoni va unga ta’sir qiluvchi omillarni maqsadli boshqarish yo‘li bilan paxtaga mexanik shikast etkazmasdan havo oqimidan ajratib olish imkoniyatidan kelib chiqib, paxta separatorining harakatlanuvchi to‘rli yuzaga ega bo‘lgan konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
separatorning ishchi kamerasida paxtani to‘rli tasma yordamida havodan ajratish jarayoni va unga ta’sir qiluvchi omillarni nazariy o‘rganish natijasida to‘rli yuza gabarit o‘lchamlari va uning ishchi elementlari tarkibi va dastlabki o‘lchamlari aniqlangan;
paxtani havodan ajratish jarayonida paxta bo‘lakchasining to‘rli yuzaga urilishi, zarba kuchlari va paxta chigiti qobig‘ining mustahkamligi nazariy asoslarini inobatga olgan holda harakatlanuvchi to‘rli yuza paxta tolasi va chigitining boshlang‘ich sifat ko‘rsatkichlarini to‘liq saqlashi isbotlangan;
paxtani havodan ajratish jarayonini rejali esperimentlar asosida o‘rganish natijalaridan kelib chiqib, separatorning amaldagi ish unumdorligini saqlagan holda to‘rli yuzaning paxtani tozalash samaradorligini oshirish va chigit shikastlanishini bartaraf qilishni ta’minlovchi, chiziqli tezligi va joylashish parametrlari optimal qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Paxtani tashuvchi havodan ajratib beruvchi separator qurilmasini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
paxtani havodan ajratuvchi separator qurilmasi “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarrufidagi korxonalarda, jumladan, “Namangan paxta teks” MChJga qarashli “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasida joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2020 yil 4 noyabrdagi 03-18/2594-son ma’lumotnomasi). Natijada, paxta tolasi tarkibidagi ifloslik va nuqsonli aralashmalar massaviy ulushini 0,4% ga kamaytirishga erishilgan;
paxtani havodan ajratish jarayoni ratsional parametrlari “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarrufidagi korxonalarda, jumladan “Namangan paxta teks” MChJga qarashli “Kosonsoy paxta tozalash” korxonasida joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2020 yil 4 noyabrdagi 03-18/2594-son ma’lumotnomasi). Natijada, jarayonda tolaning yo‘qolishi paxtaning I-II navlarida 0,7% dan 0,2% ga hamda III-IV-V navlarda esa 3,78% dan 2% ga kamayishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish