SalimovYunusning

doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Veterinariyada qo‘llaniladigan zamonaviy piretroidlar toksikologiyasi, hayvonlarning zaharlanishini oldini olish va davolash», 16.00.04–Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigienasi, veterinariya-sanitariya ekspertizasi (veterinariya fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /veterinariya fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.V.26.

Ilmiy maslahatchi: Xaitov Vladimir Ruzievich,

veterinariya fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti va Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti, 14.07.2016.Qx/V.25 01.

Rasmiy opponentlar: Norboev Qurbon Norboevich, veterinariya fanlari doktori, professor; Izbosarov Ungar Qahhorovich, veterinariya fanlari doktori, professor; Yuldoshev Zokirjon Abidovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: M.Isaev nomidagi Tibbiy parazitologiya ilmiy-tadqiqot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: veterinariya sohasida qo‘llaniladigan zamonaviy piretroidlarni zaharlilik va xavflilik darajasini aniqlash, hayvon va parrandalarning zaharlanishini oldini olish choralari hamda davolashning takomillashgan usullarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalar uchun xorijda tayyorlangan bir qator piretroidlarni, mahalliy sipermetrin, siraks va sumi-al`fa preparatlarining o‘tkir zaharlovchi miqdor ko‘rsatkichlari  aniqlangan;

sun’iy piretroidlarning hayvonlar organizmida o‘tkir va surunkali ta’siridagi toksikodinamikasi va toksikokinetikasining o‘ziga xos xususiyatlari  va ular ta’siridagi bir qator nishonlari hamda preparatlar to‘planadigan asosiy organlar aniqlangan;

piretroidlar bilan zaharlangan quyon, tovuq va qorako‘l qo‘ylari go‘sht mahsulotlari sifatiga veterinariya-sanitariya jihatidan baho berilgan va ularni iste’molga xavfsiz bo‘lgan go‘shtga so‘yish muddatlari ishlab chiqilgan;

sipermetrin va esfenvalerat asosidagi insektisid dust shakli tayyorlangan va uni insektoakarisid vositasi sifatida zaharlilik hamda xavflilik darajasi aniqlangan;

sun’iy piretroidlarning hayvonlar va parrandalar ozuqasidagi ruxsat etish mumkin bo‘lgan eng yuqori qoldiq miqdorlari aniqlangan;

qishloq xo‘jaligi hayvonlari va parrandalarni sun’iy piretroidlar bilan zaharlanishini oldini olish, zaharlanishlarga erta tashxis qo‘yish va ularni bir qator farmakologik preparatlar yordamida davolashning samarali usuli ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Zamonaviy piretroidlar toksikologiyasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:

«Qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalarni  sintetik piretroidlar bilan zaharlanishlariga tashxis qo‘yish, davolash va oldini olish  bo‘yicha uslubiy tavsiyalar» uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilgan  (Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 31.10.2016 yildagi 48/4-1621-son ma’lumotnoma). Bunda qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalarni piretroidli preparatlardan zaharlanishini davolash va oldini olish choralari ishlab chiqilgan;

piretroidlardan o‘tkir va surunkali zaharlanishlarni davolash maqsadida atropin sul`fat, xromosmon, askorbin kislotasi, dimefosfon, polivinilpirolidon hamda meksidol preparatlaridan iborat farmakologik vositalarni qo‘llashga asoslangan davolash usullari Samarqand viloyat, Jomboy tumani, Navoiy viloyati Xatirchi tumanlaridagi fermer xo‘jaliklaridagi jami 15 bosh mahalliy qoramol, 55 bosh qorako‘l qo‘ylari hamda 36 bosh tovuqlarda joriy etilgan (Davlat veterinariya bosh boshqarmasining 17.11.2016 yildagi 48/4-1630-son ma’lumotnomasi). Bunda, hayvon va parranda turlari bo‘yicha zaharlanishni davolash samaradorligi 50–60 foizni tashkil etgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish