Uteniyazov Pulat Aytbaevichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Organik o‘g‘itlarni poliz ekinlari ekiladigan maydonlarga lokal soladigan qurilmaning parametrlarini asoslash», 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/T220.
Ilmiy rahbar: Xadjiev Abdumutalib, texnika fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Xudayarov Berdirasul Mirzaevich, texnika fanlari doktori, professor; Imomqulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim. 
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi poliz mahsulotlari etishtiriladigan maydonlarda bir o‘tishda organik o‘g‘it solinadigan egatlarni ochish, shu egatlarga o‘g‘itni me’yorlab lokal usulda solish va ustidan ko‘mish bilan birga sug‘orish egatini ochib, ekish pushtalarini tayyorlab ketadigan qurilmani ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
daladan bir o‘tishda egatlar ochib, ularga organik o‘g‘itni me’yorlab lokal usulda solib, ustini tuproq bilan ko‘mish jarayonida sug‘orish egatini ochib, ekish pushtalarini hosil qiladigan qurilmaning texnologik ish jarayoni va konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan qurilma ishchi qismlari parametrlarining o‘zgarish chegaralari ularning organik o‘g‘it bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonlarini ifodalovchi matematik modellar va analitik ifodalar asosida aniqlangan;
qurilma tarkibiy qismlari o‘zaro joylashish parametrlarining ratsional qiymatlari tuproqning deformatsiyalanishi va o‘g‘itning joylashish o‘rnini hisobga olgan holda aniqlangan;
qurilmaning o‘g‘itni me’yorlovchi qismining ish rejimi va parametrlarining maqbul qiymatlari uning ish sifatini belgilovchi regressiya tenglamalarini echish orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Poliz mahsulotlari etishtiriladigan maydonlarga organik o‘g‘itni lokal usulda solib, sug‘orish egati va ekish pushtalarini tayyorlab ketadigan qurilmani ishlab chiqish va parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
bir o‘tishda organik o‘g‘itni lokal usulda solib, sug‘orish egati va ekish pushtalarini tayyorlab ketadigan qurilmaga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan hamda Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Organik o‘g‘itlarni solish qurilmasi», № FAP 01361, 2019 y). Natijada, organik o‘g‘itlarni poliz ekinlari ekiladigan maydonlarga lokal soladigan qurilmaning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
bir o‘tishda organik o‘g‘itni lokal usulda solib, sug‘orish egati va ekish pushtalarini tayyorlab ketadigan qurilma Toshkent viloyatining Yangiyo‘l va Quyichirchik tumanlari fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 25 iyundagi 02/023-1874-son ma’lumotnomasi). Natijada, organik o‘g‘it sarfi (sochma usulga nisbatan) 4 barobarga, yonilg‘i sarfi 31,7% ga, umumiy xarajatlar 55,3% ga kamaygan;
bir o‘tishda organik o‘g‘itni lokal usulda solib, sug‘orish egati va ekish pushtalarini tayyorlab ketadigan qurilmaning loyiha-konstruktorlik hujjatlari «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 25 iyundagi 02/023-1874-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘g‘itlagich qurilmani ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish