Axmedov Baxodir Baxramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tor zonali kristallarda nochiziqli qutbiy optik xodisalar va o‘lchamli kvantlashish», 01.04.07 – Kondensirlangan holat fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/FM539.
Ilmiy rahbar: Rasulov Rustam Yavkachovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona politexnika instituti, RhD.03/27.02.2020.FM.106.01.
Rasmiy opponentlar: Dadamirzaev Muxammadjon Gulomkodirovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Otajonov Salimjon Madraximovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tor zonali kristallarda (Keyn yaqinla¬shishida) qutblangan yorug‘likning zonalararo bir va ikki fotonli yutilishi hamda uning chiziqli sirkulyar dixroizmi, shuningdek, o‘lchamli kvant¬lashishning mexanizmlarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kristall davriy potensialning asimmetriyaviy tashkil etuvchisi e’tiborga olinganida tok tashuvchilar gamil`toniani zonalararo matrisaviy elementlariga qo‘shimcha hadlar hosil bo‘lish mexanizmlari ko‘rsatilgan;
qo‘rg‘oshin xal`kogenidi kristallarida zonalararo bir, ikki fotonli yutilish koeffisienti va chiziqli sirkulyar dixroizmining yorug‘lik chastotasiga bog‘lanishida o‘ziga xos maksimum topilgan bo‘lib, bu fotouyg‘otilgan tok tashuvchilarning taqsimot funksiyasi hamda holatlar zichligining chastotaviy bog‘lanishi bilan aniqlangan;
Keyn modeli asosida tor zonali kristallarda o‘tkazuvchanlik va valent zonasida joylashgan virtual holatlar orqali optik o‘tishlarni e’tiborga olgan holda ikki fotonli chiziqli sirkulyar dixroizmning miqdoriy nazariyasi yaratilgan;
ilk marta tor zonali kristallar va ularning nanostrukturalarida yorug‘likning zonalararo ikki fotonli yutilish chiziqli sirkulyar dixroizmining ko‘p zonali Keyn yaqinlashishdagi nazariyasi yaratilgan;
ilk marta Keyn modelida tor zonali o‘lchamli kvantlashgan kristallardagi tok tashuvchilarning to‘lqin funksiyalari, energetik spektri aniqlangan va sathlararo optik o‘tishlar hisobiga yorug‘likning ikki fotonli yutilish koeffisienti uchun spektral bog‘lanish ifodalari topilgan;
ikki fotonli yorug‘lik yutilish koeffisientining nazariy spektral bog‘lanishi GaAs-Ga0.65 Al0.35As struktura I=1MW/sm2 intensivlikli lazer bilan yoritilgandagi tajriba natijalari bilan solishtirilib, yutilish spektrida asosiy ulushni valent va o‘tkazuvchanlik zonalarining dastlabki ikkita o‘lchamli kvantlashgan sathlari aro optik o‘tishlar berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tor zonali kristallarda nochiziqli qutbiy optik hodisalar va o‘lchamli kvantlashishni tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tor zonali kristallarda qutblangan yorug‘lik ikki fotonli yutilishining Keyn modeliga ko‘ra olingan spektral bog‘lanishlari sohasida olib borilgan hisoblashlari OT-F2-77 «Modellashtirish asosida ichki nuqsonlarni hisobga olgan holda yarimo‘tkazgichli asboblarning ishonchligini bashorat qilishni takomillashtirish usuli» mavzusidagi grant loyihasida yarim o‘tkazgichli asboblarda kuzatiladigan optik va fotoelektrik hodisalar sohasida olib boriladigan tadqiqotlar natijalarini tushuntirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 noyabrdagi 89-03-4404-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish yarim o‘tkazgichli asboblarning ishchi chastotalar sohasini yanada kengaytirish imkoniyatini bergan;
tor zonali kristallarda qutblangan yorug‘likning bir va ikki fotonli nochiziqli yutilishining nazariy hisoblashlari 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan «Dielektrik-yarimo‘tkazgich chegarasidagi nuqsonlarni tabiatini va yon taqsimotini urganish usuliga yangicha yondashish» mavzusidagi fundamental loyihada ko‘p qatlamli metal-dielektrik-yarimo‘tkazgich strukturali tranzistor xarakteristikalarini modellash¬tirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 noyabrdagi 89-03-4404-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish yarimo‘tkazgichli qurilmalarni modellash¬tirish sohasida olib boriladigan tadqiqotlarni, shuningdek ularning samaraviy ishchi chastotalar sohasini yanada orttirish imkonini bergan.