Agzamov Mirhosil Mirsalixovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Paxta tolasi va chigitining tabiiy xususiyatini saqlash uchun jinlash jarayonining energiya tejovchi texnologiyasini ishlab chiqish”, 05.06.02 – To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T280.
Ilmiy rahbar: Yunusov Saloxiddin Zununovich, texnika fanlapi doktopi, ppofessop.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Baxodirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Usmonov Xayrulla Saydullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi jinlash texnologiyasini takomillash-tirish orqali sifatli mahsulot ishlab chiqarish hamda elektr energiya sarfini kamaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinlash jarayonining yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan energiyatejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan;
xomashyo valigining jinlash mashinasi ishchi kamerasi bo‘ylab harakatida tiklanish koeffisientining o‘zgarish qonuniyati olingan;
xomashyo valigining namligi o‘zgarishini ishchi kameraning ichki yuzasi bo‘ylab xarakatidagi ishqalanish kuchining o‘zgarishiga bog‘liqlik qonuniyati olingan;
chigitli paxtani po‘lat yuzada ishqalanish koeffisientini uning namligi va ishchi yuzaning haroratiga bog‘liq ravishda aniqlash usuli va moslamasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Paxta tolasi va chigitining tabiiy xususiyatini saqlash uchun jinlash jarayonining energiya tejovchi texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
arrali jinlash mashinasini loyihalash “Paxtajin KB” AJ tomonidan yangi arrali jinlash mashinasi konstruksiyasini ishlab chiqarilishida foydalanilgan (“O’zpaxtasanoat” AJning 2020 yil 12 fevraldagi 03-18/616-son ma’lumotnomasi). Natijada, arrali jinlash mashinasini loyihalashda ishlab chiqarish jarayonidagi samaradorlik va ish unumdorligini oshirish imkoni yaratilgan;
jinlash jarayonini intensivlashtiruvchi texnologiyaga ega bo‘lgan takomillashtirilgan ishchi kamerali jinlash mashinasi Toshkent viloyatining “Alimkent” paxta tozalash korxonasida joriy qilingan (“O’zpaxtasanoat” AJning 2020 yil 12 fevraldagi 03-18/616-son ma’lumotnomasi). Natijada, toladagi nuqsonlar va iflos aralashmalar miqdori 1,26% ga, elektroenergiya sarfi o‘rtacha 20-25 kVt/soatgacha qisqarishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish