Djumagulov Zinatdin Uzakbergenovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (mehnat ta’limi) (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Ped1097. 
Ilmiy rahbar: Qurbanov Mirzaahmad, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziev Erkin Iskendarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Ko‘ysinov Odil Almuratovich, pedagogika fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak mehnat o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy kompetentlik darajasini ifodalovchi motivatsion, kognitiv, texnologik, ijtimoiy-kommunikativ va refleksiv ko‘rsatkichlarini takomillashtirish bosqichlari belgilangan;
mehnat ta’limining axborot-metodik ta’minoti integrativ didaktik vositalar (integrativ resurslar, mul`timedia mahsulotlari, virtual laboratoriyalar, intellektual o‘yinlar)ning faollashtiruvchi imkoniyatlari (fikrlash, moslashuv, anglash, bilish) asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarining kasbiy faoliyati davomida metodik tayyorgarligi holatini o‘rganish va aniqlangan bo‘shliqlar bilan ishlashga qaratilgan kasbiy kompetentlik darajasini oshirishning interfaol o‘qitish texnologiyalari takomillashtirilgan;
bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarining innovatsion kasbiy kompetenligini shakllantirish va rivojlantirishda faoliyat turlarini innovatsion yo‘nalishda moslashuvchanligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini innovatsion yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida: 
bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini innovatsion yondashuv asosida takomillashtirishga doir kompetensiyalar «5112100 – Mehnat ta’limi» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi Davlat ta’lim standarti, malaka talablari mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 iyundagi 89-04-1250-son ma’lumotnomasi). Mazkur kompetensiyalar asosida bo‘lajak mehnat ta’limi o‘qituvchilarining metodik tayyorgarligini innovatsion yondashuv vositasida takomillashtirish orqali ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishga erishilgan;
mehnat ta’limini o‘qitishning metodik jarayonlari, interfaol ta’lim texnologiyalari, o‘quv materiallarini tanlash va loyihalash texnologiyasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan YoA5-XT-1-31884-raqamli «Innovatsion texnologiyalar sharoitida fizika o‘qituvchisining metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 iyuldagi 89-03-2553-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim oluvchilarda xalqaro baholash dasturlariga asoslangan masalalar va test topshiriqlari asosida mehnat ta’limi fanlari bo‘yicha savodxonlikni oshirishga erishilgan;
talabalar metodik tayyorgarligini innovatsion yondashuv asosida takomillashtirishning reproduktiv, funksional, tizimli metodik ta’minoti, ilg‘or pedagogik texnologiyalar vositasida interfaol metodlarga mo‘ljallangan amaliy, mantiqiy va nostandart xarakterdagi  individual-ijodiy masalalar bo‘yicha tavsiyalardan  ITD-1-148 raqamli «Kasb ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi» nomli amaliy loyihada foydalanilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 iyuldagi 89-03-2553-son ma’lumotnomasi). Natijada, innovatsion pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan o‘quv jarayonida foydalanishga doir tavsiyalar talabalarning metodik tayyorgarligini innovatsion yondashuv asosida takomillashtirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish