Maqsudov Farhod Alijonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘rta asrlarda tog‘li Ustrushona ko‘chmanchi madaniyati”, 07.00.06 – Arxeologiya (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam. B2020.4.DSc/Tar86.
Ilmiy maslahatchi: Anarbaev Abdulhamid, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Milliy arxeologiya markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK: O‘zR FA Sharqshunoslik instituti, DSc.27.06.2017.Tar.44.01.
Rasmiy opponentlar: Asqarov Ahmadali, tarix fanlari doktori, professor, akademik; Shaydullaev Shopo‘lat Bozorovich, tarix fanlari doktori; Mavlonov O‘ktam Maxmasabirovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Tarix instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘rta asrlar tog‘li Ustrushona ko‘chmanchi chorvadorlar tabiiy resurslarni o‘zlashtirishini, madaniyatini, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlashuvini, shaharlashuvi va islom diniga kirishini jarayonlarini hamda o‘troq vohalar bilan munosabatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘rta Osiyo tog‘li tegralarida yashagan qadimgi ko‘chmanchi chorvadorlarga tegishli mavsumiy turar-joy, qo‘nalg‘a va qishlovlar kabi arxeologik yodgorliklarning o‘rnashuvini aniqlaydigan zamonaviy dala-qidiruv izlanishlari metodikasi ishlab chiqilishi sababli raqamli xaritashunsolikka asoslangan “arxeologik prognoz modeli” yaratilgan;
shimoli-g‘arbiy Turkiston tizmasida dengiz yuzasidan 2000 metr balandlikda Qoraxoniylar davri noyob urbanistik markazi – Toshbuloq shaharchasining arki va hukmdor saroyi, shahristoni va temirchilar mahallasi, rabodi va chorva saqlaydigan xo‘jalik inshootlari kabi shahar qismlarini o‘z ichiga olgan tarixiy topografik xususiyatlari aniqlangan;
O‘rta Osiyo ko‘chmanchi chorvadorlari muhitida rivojlangan Toshbuloq shaharchasida islom dinining yoyilishi diniy oqimlar faoliyati sababli VIII asrning o‘rtalaridayoq amalga oshgani isbotlangan;
Qoraxoniylar sulolasi tomonidan davlatning turli hududlarida ma’muriy-boshqaruv markazlari vazifasini bajargan yangi shaharlarning tog‘li tegralarda ham qurilishi sababli o‘ziga xos “ko‘chmanchi urbanizmi” hodisasi ochib berilgan;
tog‘-konchilik va chorvachilik mahsulotlariga ega bo‘lgan Toshbuloq shaharchasi o‘rta asr Ipak yo‘li tarmog‘iga qo‘shilishi sababli bu erda vohalardan keltirilgan turli mevalar (uzum, olma, olmurut, o‘rik, qovun va shaftoli)ning keng yoyilgani dalillangan;
o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo ko‘chmanchi chorvadorlari keng ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarda faoliyat yuritishi sababli shahar aholisiga qaraganda boyroq va turlicha oziq-ovqat ratsioniga ega bo‘lgani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rta asr ko‘chmanchi chorvadorlar madaniyatini landshaft-arxeologik jihatdan o‘rganish jarayonida qo‘lga kiritilgan ilmiy natijalar asosida:
O‘rta Osiyo ko‘chmanchi chorvadorlari muhitida rivojlangan Toshbuloq shaharchasida islom dinining yoyilishi diniy oqimlar faoliyati sababli VIII asrning o‘rtalaridayoq amalga oshgani isbotlanishi hamda Qoraxoniylar sulolasi tomonidan davlatning turli hududlarida ma’muriy-boshqaruv markazlari vazifasini bajargan yangi shaharlarning tog‘li tegralarda ham qurilishi sababli o‘ziga xos “ko‘chmanchi urbanizmi” hodisasi ochib berilishi bo‘yicha tadqiqot natijalari F1-FA-0-19751 “Markaziy, shimoli-sharqiy O‘zbekistonning ilk o‘rta va rivojlangan o‘rta asrlar tarixiy topografiyasi (arxeologik materiallar asosida)” fundamental loyihasida foydalinilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 27 noyabrdagi 1255-2662-son ma’lumotnomasi). Natijada Fanlar akademiyasi tizimida ilmiy loyiha doirasidagi tadqiqotlar orqali yurtimizda islom dinining ilk tarqalishi, noagrar hududlarda shaharsozlik, hunarmandchilik, metallsozlik va me’morchilik kabi moddiy madaniyat xususiyatlari yurtimiz ilmiy jamoatchiligiga etkazilgan;
o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo ko‘chmanchi chorvadorlari keng ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarda faoliyat yuritishi sababli shahar aholisiga qaraganda boyroq va turlicha oziq-ovqat ratsioniga ega bo‘lgani isbotlanishi bo‘yicha tadqiqot natijalari Xalqaro Oltin meros xayriya jamoat fondining Toshkent viloyatidagi Quyun va Shodmalik-ota kabi madaniy meros ob’ektlari qoshida tuzilgan muzey va ko‘rgazmalarning ekspozisiyalarini tuzishda joriy etilgan (Xalqaro Oltin meros xayriya jamoat fondining 2020 yil 18 noyabrdagi 01-61-18/11-20-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqimiz o‘tmishining bugungi kungacha ma’lum bo‘lmagan qirralari, jumladan, turli tabiiy tegralarda istiqomat qilgan farqli iqtisodiy xo‘jalik yuritgan qadimiy jamoalarning oziqlanishida ham keskin farqlar bo‘lgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar keng targ‘ib qilingan;
tog‘-konchilik va chorvachilik mahsulotlariga ega bo‘lgan Toshbuloq shaharchasi o‘rta asr Ipak yo‘li tarmog‘iga qo‘shilishi sababli bu erda vohalardan keltirilgan turli mevalar (uzum, olma, olmurut, o‘rik, qovun va shaftoli)ning keng yoyilgani dalillanishi hamda o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo ko‘chmanchi chorvadorlari keng ijtimoiy-iqtisodiy tarmoqlarda faoliyat yuritishi sababli shahar aholisiga qaraganda boyroq va turlicha oziq-ovqat ratsioniga ega bo‘lgani isbotlanishi bo‘yicha tadqiqot natijalari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo‘ylab” telekanalida 2019 yilda efirga uzatilgan “Ekspedisiya” ko‘rsatuvining bir qancha sonlarini tayyorlashda ilmiy manba sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo’ylab” telekanali davlat unitar korxonasining 2020 yil 24 noyabrdagi 08-14-271-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rta asrlarda yurtimizning tog‘li hududlarida ayrim meva, donli va dukkakli o‘simliklarning tarqalishi, ularning Ipak yo‘lidagi savdo-sotiq munosbatalarida alohida o‘rin tutgani bo‘yicha yangi ma’lumotlar keng jamoatchilikka etkazilgan;
O‘rta Osiyo tog‘li tegralarida yashagan qadimgi ko‘chmanchi chorvadorlarga tegishli mavsumiy turar-joy, qo‘nalg‘a va qishlovlar kabi arxeologik yodgorliklarning o‘rnashuvini oldindan ko‘rsatib beradigan “arxeologik prognoz modeli” yaratilishi hamda shimoli-g‘arbiy Turkiston tizmasida dengiz yuzasidan 2000 metr yuksaklikda Qoraxoniylar davri noyob urbanistik markazi – Toshbuloq shaharchasining tarixiy topografiyasi aniqlanishi bo‘yicha tadqiqot natijalari O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanali “Etno” dasturi ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O’zbekiston teleradiokanali” davlat unitar korxonasining 2020 yil 20 noyabrdagi 01-401154-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xalqi tarixining noma’lum sahifalari, jumladan qadimgi ko‘chmanchi chorvador jamoalarning o‘rnashuv xususiyatlari bo‘yicha qo‘lga kiritilgan yangi ma’lumotlar keng jamoatchilikka etkazilgan.