Nabieva Gulchexra Mirergashevnaning
doktorlik dissertatsiyasihimoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Degradatsiyaga uchragan yaylov tuproqlari va ularning unumdorligini oshirish texnologiyalarini takomillashtirish», 03.00.13–Tuproqshunoslik (biologiya fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /biologiya fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.V46.
Ilmiy maslahatchi: Gafurova Lazizaxon Akramovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, Andijon qishloq xo‘jalik instituti va Tuproqshunoslik va agrokimyo ilmiy-tadqiqot instituti, 14.07.2016.Qx/V.24.01.
Rasmiy opponentlar: Tashkuziev Ma’ruf Mansurovich, biologiya fanlari doktori, professor; Turapov Ibragim, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Yuldashev Gulom, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yaylov tuproqlarining morfogenez xususiyatlari, tuproqlarning tarkibi va xossalarini aniqlash, ularni degradatsiyaga olib keluvchi omillarga bog‘liq holda o‘zgarishlarini miqdoriy tavsiflash hamda unumdorligini oshirish texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor degradatsiyaga uchragan arid mintaqasi tuproqlari xossalarini kompleks yondashuvlar asosida tuproq hosil bo‘lish jarayonlari aniqlangan;
och tusli bo‘z tuproqlar tarqalgan yarim cho‘l yaylovlar mintaqasi tuproqlarining hozirgi holati va ularning morfogenetik, agrokimyoviy, agrofizikaviy xossalari, gumus holati, mikrobiologik va fermentativ faolligi aniqlangan;
buta, yarim buta va o‘tsimon o‘simliklarni etishtirish va yangi agrobiotexnologiyalar qo‘llash natijasida yaylov tuproqlarining gumifikatsiya koeffisenti, fermentlar bilan ta’minlanganlik darajasi va nisbiy biologik faolligi hamda ularning unumdorlik holati yaxshilangan;
degradatsiyaga uchragan yaylovlarning diagnostik ko‘rsatkichlari aniqlangan va tuproq unumdorligi elementlari o‘rtasidagi o‘zaro korrelyasion bog‘liqliklar aniqlangan;
EMZ va GAT texnologiyalar ma’lumotlaridan foydalangan holatda degradatsiyaga uchrash darajasi, o‘simliklar qoplamining areali va tavsifi hisobga olingan holda beshta agroguruhlarga ajratilgan hamda GIS xaritalari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Degradatsiyaga uchragan yaylov tuproqlari va ular unumdorligini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
yaylov ekinlari unumdorlik elementlarini KER-UBN takomillashtirish texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha tadqiqotlar natijalari «Sho‘rlangan tuproq sharoitida g‘o‘zaning S-6524, S-6541, Dustlik-2 va Chimboy-5018 mexanizmlarini o‘rganish» fundamental loyiha doirasida foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 10.11.2016 yildagi FTK-0313/803-son ma’lumotnomasi). Bunda ilmiy natijalarning qo‘llanilishi tuproq unumdorlik elementlari va urug‘ unuvchanligi mazkur texnologiya asosida optimallashtirilgan.
yaylov tuproqlari unumdorligini oshirishda resurstejamkor urug‘ni qobiqlash, gidrogel qo‘llash, «Mikroo‘stirgich» biopreparatidan foydalanish va Agropyron desertorum L. em-xashak o‘simligi urug‘iga PER-UBN bilan ishlov berish texnologiyalari 2012–2015 yillarda Navoiy viloyatining, Nurota tumanidagi «Abdurahmon bobo» va «Muhiddin bobo» fermer xo‘jaliklarida 5 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 26.10.2016 yildagi 01/20-3432-son ma’lumotnomasi), Bunda erkak o‘ti o‘simlik urug‘laridan gektariga 0,5–1,5 sentner qo‘shimcha hosil olingan va iqtisodiy samara gektariga 1201–3020 ming so‘mni tashkil etgan.
GAT texnologiyalardan foydalanilgan holda Navoiy viloyatining Nurota tumanida 653 042 gektar er maydonlarining tanazzulga uchraganligi holatini aniqlash bo‘yicha monitoring kuzatuvlari asosida elektron xaritalar tuzishga joriy etilgan («Ergeodezkadastr» davlat qo‘mitasi qoshidagi «Tuproq bonitirovkasi» «O‘zdaverloyiha» davlat korxonasining 10.11.2016 yildagi, 01-10/556-son ma’lumotnomasi). Bunda yaylov tuproqlarini monitoring qilish natijasida degradatsiyaga uchragan erlar maydoni aniqlangan.