Baxodirova Umida Baxodirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Mikrobiologiya fanini o‘qitishda virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish (pedagogika oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped422.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Gulruxsor Surxonidinovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Xolmurodov Abdulhamid Erkinovich, fizika-matematika fanlari doktori, dotsent; Sharipova Dilorom Djumaniyazovna,pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mikrobiologiya fanini o‘qitishda virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mikrobiologiya fanini o‘qitishda  talabalarning  tahlil va sintez qilish, ijodiy faollik, konvergent, divergent fikrlash ko‘nikmasini hamda kasbiy kompetensiyalarini virtual ta’lim vositalari asosida takomillashtirilgan;
oliy ta’limda mikrobiologiya fani mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasini muammoli o‘qitish texnologiyalari va virtual ta’lim vositalarini o‘quv bosqichlari hamda kreativ kompetentligiga ko‘ra integratsiyalash asosida takomillashtirilgan; 
talabalarning mikrobiologiya fanidan intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan laboratoriya mashg‘ulotlarining o‘quv-metodik ta’minoti o‘quv materiallari tuzilmasiga virtual laboratoriyalarning imkoniyatini   darajalash asosida takomillashtirilgan;
mikrobiologiya fanidan mustaqil ta’lim  faoliyatini tashkil etishga qaratilgan interfaol metodlar, virtual ta’lim texnologiyalari va kompyuterning diagnostik dasturiy  vositalari asosida talabalar kompetentligini takomillashtirishga oid  ilmiy-metodik  tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mikrobiologiya fanini o‘qitishda virtual ta’lim texnologiyalaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mikrobiologiya fanini o‘qitishda  talabalarning  tahlil va sintez qilish, ijodiy faollik, konvergent, divergent fikrlash ko‘nikmasini hamda kasbiy kompetensiyalarini virtual ta’lim vositalari asosida takomillashtirish, talabalarning mikrobiologiya fanidan intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan laboratoriya mashg‘ulotlarining o‘quv-metodik ta’minoti o‘quv materiallari tuzilmasiga virtual laboratoriyalarning imkoniyatini darajalash asosida takomillashtirishga oid takliflar «Umumiy mikrobiologiya» nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i, 522-112 raqamli guvohnomasi). Natijada, bu taklif mikrobiologiya fanini o‘qitish samaradorligini  oshirishga xizmat qilgan;
oliy ta’limda mikrobiologiya fani mashg‘ulotlarining o‘quv-tashkiliy tuzilmasini muammoli o‘qitish texnologiyalari va virtual ta’lim vositalarini o‘quv bosqichlari hamda kreativ kompetentligiga ko‘ra integratsiyalash asosida takomillashtirishga  oid takliflardan XT-F8-025- raqamli «Pedagog kadrlar tayyorlash bo‘yicha psixologik-pedagogik diagnostika nazariyasi va amaliyotini takomillashtirish strategiyasi» mavzusidagifundamental tadqiqot loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 avgustdagi 89-03-2877-son ma’lumotnomasi). Ushbu loyiha doirasida ishlab chiqilgan virtual ta’lim va o‘qitish texnologiyalari bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini tayyorlashda kasbiy kompetensiyalarini oshirish uchun xizmat qilgan;
mikrobiologiya fanidan mustaqil ta’lim  faoliyatini tashkil etishga qaratilgan interfaol metodlar, virtual ta’lim texnologiyalari va kompyuterning diagnostik dasturiy  vositalari asosida talabalar kompetentligini takomillashtirishga oid ilmiy-metodik  tavsiyalardan AE7-XT-O-72542-raqamli «Yuksak suv o‘simliklari bilan oqova suvlarni biologik tozalash jarayonlarini kraun-efirlar yordamida jadallashtirish» mavzusidagi yosh olimlar loyihasini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 avgustdagi 89-03-2877-son ma’lumotnomasi). Natijada,bu taklif talabalarning mikrobiologiya fanidan mustaqil ishlarini tashkil etish mexanizmlarini takomillashtirishga, pedagoglar kasbiy kompetensiyalarini oshirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish