Nuriddinova Muyassar Muhiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalarda harakat ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda harakatli o‘yinlardan foydalanish metodikasi”.13.00.04 - Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi va13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped839.
Ilmiy rahbarlar: Usmonxodjaev Tal’at Saidovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Shopulatov Abdimalik  Nurillaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismo¬niy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Red.28.01.
Rasmiy opponentlar: Abdiev Abdulla Nosirovich,pedagogika fanlari doktori, professor;Eshnazarov Jo‘raqul Eshnazarovich,pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiya jarayonida harakat - ko‘nikma va malakalarini shakllantirishda qo‘llaniladigan  harakatli o‘yinlar metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha yoshdagi bolalarni yosh kesimida jismoniy rivojlanganlik  darajalari (antropometriya, dinamometriya, spirometriya,) asosida (qadamlar soni, bosib o‘tilgan masofa) sarflangan kilokaloriya ko‘rsatkichlari bo‘yicha harakat faolligi  ilmiy asoslab berilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirishda yirik motorika, mayda motorika va sensomotorika sezgilarini shakllantirishga yo‘naltirilgan dastur asosida bolalarning ko‘nikma va malakalari takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya yo‘riqchilarifaoliyatining namunaviy me’yoriy hujjatlari asosida (taqvimiy reja, barcha guruhlarda asosiy harakat turlarini rejalashtirish, harakatli o‘yinlar rejasi, jismoniy-sog‘lomlashtiruvchi tadbirlarni tashkil etish rejasi, yo‘riqchining reglamenti) shakl va mazmuni optimallashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarda jismoniy harakatlarni bajarish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar asosida harakatli o‘yinlar bilan yangi mashg‘ulot ishlanmalari  ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Maktabgacha yoshdagi bolalarni harakat ko‘nikma va malakalarini oshirish yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida: 
maktabgacha yoshdagi bolalarni yosh kesimida jismoniy rivojlanganlik  darajalari (antropometriya, dinometriya, spirometriya,) asosida (qadamlar soni, bosib o‘tilgan masofa) sarflangan kilokaloriya ko‘rsatkichlari bo‘yicha harakat faolligi yuzasidan olingan natijalar asosda «Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya» o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 1186-son buyrug‘i, 1186-044 raqamli guvohnoma). Natijada, 3-5 yoshli bolalarda funksional ko‘rsatkichlar - 6,23% ga rivojlanganligi kuzatilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlantirish va harakatlarni bajarishda yirik motorika, mayda motorika va sensomotorika sezgilarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar «Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya» o‘quv qo‘llanmasida aks etgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 1186-son buyrug‘i, 1186-044 raqamli guvohnoma). Natijada, 3-7 yoshli bolalarda jismoniy ko‘nikma va malakalari  13,17% ga takomillashgan; 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya yo‘riqchilarining faoliyati va me’yoriy hujjatlari (taqvimiy reja, barcha guruhlarda asosiy harakat turlarini rejalashtirish, sport musobaqalari rejasi, jismoniy-sog‘lomlashtiruvchi tadbirlarni tashkil etish rejasi, yo‘riqchining reglamenti) respublika maktabgacha ta’lim tashkilotlari jismoniy tarbiya yo‘riqchilari uchun me’yoriy hujjatlar majmui, elektron ish jurnali bo‘yicha takliflar amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 23 iyundagi 03-01-10-1564-son ma’lumotnomasi). Natijada, jismoniy tarbiya yo‘riqchilari ish hujjatlari samaradorligi 60%ga optimallashtirilgan;
ishlab chiqilgan jismoniy tarbiya metodikasi asosida maktabgacha ta’lim tashkilotida mashg‘ulotlar samaradorligi ortib,  maktabgacha yoshdagi bolalarda harakatlarni bajarish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-metodik tavsiyalar asosida harakatli o‘yinlar bilan mashg‘ulot ishlanmalarining yangi tuzilmasi ishlab chiqilgan, bolalarning faol harakatlanishi kuzatilib, jismoniy mashqlarni sifatli bajarilishiga erishildi (O‘zbekiston  Respublikasi  Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 23 iyundagi 03-01-10-1564-son ma’lumotnomasi). Natijada, 5-7 yoshli bolalarda harakat faolligi - 10,79%ga ortishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish