Sulaymonov Bobir Nodir o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Temirbek To‘raboevning “Teorema” romanida “t” tovushi bilan boshlanuvchi so‘zlarning metaforalashuvi va frazemalashuvi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil.
Ilmiy rahbar: Pardaev Azamat Baxronovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.02.03. 
Rasmiy opponentlar: Mamatov Abdug‘afur Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qilichev Bayramali Ergashevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi  tashkilot: Urganch davlat universiteti        
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Temirbek To‘raboevning «Teorema» romanida  «t» tovushi bilan boshlanuvchi so‘zlarning meraforalashuvi va frazemalashuvini tadqiq qilish hamda yozuvchining o‘ziga xos individual mahorati va badiiy ijod sohasidagi yangi qirrasini ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
«Teorema» romani asosida bir tovush bilan boshlanuvchi so‘zlar bilan roman yozish tamoyili aniqlanib, yozuvchining o‘ziga xos individual mahorati va badiiy ijod sohasidagi yangi qirrasi ochib berilgan; 
asarda konnotativ vazifa bajarayotgan til elementlarining qo‘llanish chastotasi va uslubiy imkoniyatlari romanning leksikografik va lingvostatistik tadqiqini amalga oshirish orqali aniqlangan;  
romanda metaforizatsiya hodisasi nominativ birliklarning o‘zaro o‘xshashlik, aloqadorlik, alternativlik va assotsiativ munosabatlar natijasida yuz berishi aniqlanib, ot, sifat, fe’l, ravish turkumiga xos so‘zlar asosida yangi metaforani yuzaga kelish mexanizmi asoslangan; 
romanda frazeologizatsiya hodisasi shakllanishining boshlang‘ich, oraliq va so‘nggi bosqichlari (frazeologizatsiyalashayotgan birliklar, frazeologizatsiyalashgan birliklar, sof frazeologizmlar) aniqlanib, bu birliklarning struktural-semantik va pragmatik-stilistik xususiyatlari ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yozuvchi Temirbek To‘raboevning «Teorema» romanida metaforizatsiya va frazeologizatsiya hodisalarining lingvistik xususiyatlari  tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek fol`klorida fikrni bir xil tovush bilan boshlanuvchi so‘zlar bilan ifodalashga intilishga oid xulosalardan  FA-F1-GOO3 raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihasida foydalanilgan (O‘zR Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2020 yil 17 avgustdagi 126-sonli ma’lumotnomasi). Natijada asar matnini tahlil qilishda o‘quvchilarning mustaqil fikrlashga doir bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
roman matnida individual-muallif metaforalarining semantik xususiyatlarini ochib berishga oid ilmiy xulosalardan PZ-201709134 raqamli “Filologiya yo‘nalishi bo‘yicha tilni o‘rganishni baholash sifatining shakl va tamoyillariga zamonaviy yondashuv” mavzusidagi  amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 noyabrdagi 89-03-4752-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talaba-yoshlarning til o‘rganish imkoniyatini kengaytirishga va so‘z boyligini oshirishga xizmat qilgan;  
romanda qo‘llanilgan so‘zlar statistikasini aniqlash maqsadida “Temirbek To‘raboevning “Teorema” romanida “t” bilan boshlanuvchi so‘zlar lug‘ati (chastotali lug‘at)” (ISBN978-9943-5229-3-7) tuzilgan. Natijada romanda yozuvchining so‘z qo‘llash mahoratini aniqlash imkoniyati yuzaga kelgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish