Nasirova Zarina Akbarovnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Etiopatogenetik xavf omillarini nazarga olgan holda nostabil stenokardiya bilan og‘rigan bemorlarni davolashning moslashtirilgan yondashuvi», 14.00.06 – Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Tib1041.
Ilmiy raxbar: Tashkenbaeva Eleonora Negmatovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy – amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01.
Rasmiy opponentlar: Srojidinova Nigora Zaynutdinovna, tibbiyot fanlari doktori; Abdullaev Akbar Xatamovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishida psixosomatik xavf omillarining ahamiyatini o‘rganish, kasallikning beqarorlashuvi diagnostikasi mezonlarini va ularning terapiyasida personifisirlangan yondashuvni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor YuIK bo‘lgan bemorlarda tashvish depressiv sindrom va yallig‘lanish interleykinlari, hamda siydik kislotasi darajasi o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik aniqlangan;
stenokardiyaning destabilizatsiya davri: lipid profilining, asimptomatik giperurikemiya va yallig‘lanish (TNF-a, IL-1β) interleykinlarining o‘zgarishi bilan birga kechishi va ularning og‘irligi vaziyatli va shaxsiyatli tashvish darajasiga bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor IL-1 T/C 511 genining gomozigotali T/T genotipi hamda geterozigotali C/T genotipi genetik belgilarining eng muhim assotsiatsiyasi YuIK bo‘lgan bemorlarda tashvish-depressiv sindromi klinik jihatdan ifodalanganligi va nostabil stenokardiya rivojlanishini prognostik belgi ekanligi asoslangan;
ilk bor nostabil stenokardiya tashvish-depressiv sindrom va asimptomatik giperurikemiya bilan assotsiirlangan bemorlarda personifisirlangan terapiyada SNPs S(-511)T IL-1 genining va SNPs S(-819)T IL-10 genining patogenetik roli aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbek populyasiyasida tashvish-depressiv sindromning genetik va klinik-biokimyoviy xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
"Tashvish depressiv sindrom bilan bo‘lgan nostabil stenokardiya variantlarida kompleks korreksiyalash usuli" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 noyabrdagi № 8n-d/511-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma amaliyotda anamnez, klinik ma’lumotlar, umumiy klinik va standart biokimyoviy qon taxlillari kabi oson hamda qimmat bo‘lmagan klinik usullarni qo‘llab amalga oshirish nostabil stenokardiyada komorbid holatlarni tashxislashga imkon bergan;
"Asimptomatik giperurikemiya bilan bo‘lgan nostabil stenokardiyani davolashning optimizatsiyasi" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 22 noyabrdagi 8n-d/511-son ma’lumotnomasi) uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan. Mazkur uslubiy tavsiyanoma qimmatbaho genetik usullar bo‘lmaganda tashvish depressiv sindromini erta baholash, ushbu holatning asimptomatik giperurikemiya va sitokinlar disbalansi bilan bog‘liqligini aniqlash yordamida nostabil stenokardiya rivojlanishining oldini olishga imkon bergan;
Davolashni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslublarining ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Samarqand shahar tibbiyot birlashmasida va Samarqand viloyat kardiologik dispanseri amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 27 dekabrdagi 3n-d/328-son ma’lumotnomasi). Natijada, nostabil stenokardiya bo‘lgan bemorlarda zamonaviy laborator diagnostik usullari va psixosomatik testlar qo‘llash yordamida YuIK destabilizatsiyasi oldini olish imkonini bergan, bu esa o‘z navbatida ushbu patologik holatni davolash va oldini olishga shaxsiylashtirilgan yondashuvga yordam bergan hamda bemorlar hayot sifati va prognozini yaxshilash imkonini bergan.