Xudayqulov Abdulla Eshquvatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Angliyskie zaimstvovaniya v delovix dokumentax russkogo i uzbekskogo yazikov (istoki i sovremennoe sostoyanie)» 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Fil 671.
Ilmiy rahbar: Qulmamatov Dusmamat Sattorovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019. Fil.01.10. 
Rasmiy opponentlar: Safarov Shaxriyor Safarovich,  filologiya fanlari doktori, professor; Sa’dullaeva Nilufar Azimovna, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:  rus va o‘zbek tillaridagi rasmiy-ish hujjatlari matnlarida uchraydigan inglizcha leksik o‘zlashmalarni, ularning miqdori, tarkibi, darajasi, moslashuvi yoki assimilyasiyasi xususiyatlarini ilmiy asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Tilshunoslikda o‘zlashma, anglisizm tushunchalariga doir mavjud ilmiy qarashlar, anglisizmlarning rus va o‘zbek tillarida o‘rganish tarixi misollar asosida dalilangan;
XVII–XXI asrlarda ingliz o‘zlashmalarining rus va o‘zbek rasmiy hujjatlari  matniga kirib kelish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari (bevosita  yoki bilvosita o‘zlashish yo‘llari bilan varvarizm, ekzotizm, vkrapleniya va kal`ka ko‘rinishida, )aniqlangan;
anglisizmlarning leksik-semantik tasnifi keltirilgan va ularning XVII–XXI asrlar rus va o‘zbek rasmiy hujjatlari matnlarida qayd etilishi  isbotlangan;
XVII–XXI asrlar rus va o‘zbek rasmiy-ish hujjatlari matnlarida ingliz leksik birliklarining fonetik, semantik, morfologik moslashuvi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rus va o‘zbek rasmiy hujjatlarida inglizcha o‘zlashmalarni aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
XVII–XXI asrlar rus va o‘zbek rasmiy hujjatlari  matnlarida ingliz o‘zlashmalarining rus va o‘zbek tillari lug‘atiga o‘zlashishiga doir xulosalardan IDT-1-07 raqamli «Tilshunoslik asoslari fanidan darslik, o‘quv-uslubiy majmua yaratish» mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 iyundagi 89-03-2052-son ma’lumotnomasi). Natijada rus va o‘zbek tillari lug‘at qatlamlariga  kirib kelgan anglisizmlarni ma’nosi, vaqtini oydinlashtirish, ularning rus va o‘zbek rasmiy hujjatlar matnlarida, leksikografik manbalarda qayd etilishini aniqlash imkonini bergan; 
anglisizmlarning XVII–XXI asrlar rus va o‘zbek rasmiy hujjatlari matnlarida qayd etilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasining Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni Rivojlantirish Davlat Qo‘mitasining 2020 yil 12 iyundagi № 02-16 / 2939-son ma’lumotnomasi). Natijada tarixiy obidalar materiallarini turistlarning anglashiga imkon yaratilgan va ularga ko‘rsatiladigan xizmat sifatini oshirishga xizmat qilgan;
Tilshunoslikda “o‘zlashma”,“anglisizm” terminlarini tadqiq etish va anglisizmlarning rus va o‘zbek tillarida o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy-nazariy xulosalardan Surxondaryo viloyat “Yangi asr” teleradiokompaniyasida «Til – millat ko‘zgusi» radioeshtirishini tayyorlashda foydalanilgan («Surxondaryo viloyat teleradiokompaniyasining  2020 yil 16 iyundagi №  01-01/137- son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv uchun tayyorlangan materiallarning ilmiy ommabopligi ta’minlangan;
XVII–XXI asrlar rus va o‘zbek rasmiy-ish hujjatlari matnlarida ingliz leksik birliklarining fonetik, semantik, morfologik moslashuvi jihatlarini aks ettiruvchi natijalaridan «PAWER – Hududlararo mobillikni yo‘lga qo‘yish va bu borada dolzarblik, sifat hamda tenglikni ta’minlash» mavzusidagi loyiha bo‘yicha o‘tkazilgan seminar va treninglarda foydalanilgan (Loyihani muvofiqlashtiruvchi L.Akila ma’lumotnomasi, Italiya. Erasmus+ 574099-EPP-1-2016-1-IT-EPPKA2-CBHE-SP PAWER proekti dasturi). Natijada ekspertlar tayyorlash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
anglisizmlarning XVII–XXI asrlar rus va o‘zbek rasmiy hujjatlari matnlarida qayd etilishini  aniqlash to‘g‘risidagi ilmiy ma’lumotlardan Britaniya Kengashi tomonidan tashkil etilgan ilmiy seminarni o‘tkazishda foydalanilgan (“British Council”ning 2019 yil 20 sentyabrdagi OS-1650-son ma’lumotnomasi). Natijada tinglovchilar rasmiy hujjatlar asliyati va tarjimalari matlarining til xususiyalari, ingliz tili darslarida yozish ko‘nikmalarni rivojlantirishda o‘zlashma elementlaridan foydalanishga doir bilimlarini oshirishga asos bo‘lgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish