Xushmurodova Shaxnoza Shaymonkulovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Madaniyatlararo muloqot muammosiga lingvomadaniy yondashuv (o‘zbek va ingliz tillari misolida”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik, tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Fil612.
Ilmiy rahbar: Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD. 03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: filologiya fanlari doktori Mirsanov G‘aybullo Qulmurodovich; filologiya fanlari doktori Ergasheva Guli Ismoil qizi. 
Yetakchi tashkilot nomi: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: madaniyatlararo muloqot samarasini ta’minlash bilan bog‘liq hodisalar tabiatini yoritish, shu jumladan, o‘zbek va ingliz tillaridagi nutqiy formulalar va iboralar tizimida uchraydigan struktur-grammatik, leksik-morfologik, pragmatik va madaniy nuqtai nazardan o‘xshashlik va farqli jihatlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
madaniyatlararo muloqot jarayonida yuzaga keladigan lingvistik muammolarning kontekst sharoitidagi lisoniy va nolisoniy omillari aniqlangan;
madaniyatlararo muloqot jarayonidagi nutqiy formulalar va turg‘un iboralarning pragmatik va stilistik xususiyatlari aniqlanib, nutqiy tuzilmalarning lingvomadaniy va lisoniy voqelanishi tillararo chog‘ishtirish orqali ochib berilgan;
madaniyatlararo muloqot aktida foydalaniladigan nutqiy formulalar va turg‘un iboralarning turli vaziyat va pragmatik maqsadlar uchun faollashuvi tavsiflanib, sotsiopragmatik jihatdan asoslangan;
o‘zbek va ingliz tillaridagi nutqiy formulalar va muloqot iboralarini qiyoslash natijasida ularning struktur-grammatik, leksik-morfologik jihatlari tillararo izomorf va har bir milliy madaniyatga xos allamorf jihatlarini namoyon qiluvchi farqli tomonlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Madaniyatlararo muloqot sohasiga oid lisoniy muammolar tadqiqi natijalari asosida:
ingliz va o‘zbek tillaridagi madaniyatlararo muloqot jarayonida aniqlangan nutqiy formulalar va turg‘un iboralarning qiyosiy tahlili asosida lisoniy madaniy nomuvofiqliklarga oid xulosalardan OT-F8-062 raqamli “Til taraqqiyotining derivatsion qonuniyatlari” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligining 2020 yil 26 oktyabrdagi 89-03-4200 son ma`lumotnomasi). Natijada bir tildan boshqa tilga tarjima qilishda lingvomadaniy mazmunini saqlash va ularning tillararo derivatsion munosabatlarini o‘rganish imkonini bergan; 
madaniyatlararo muloqot tizimida lisoniy birliklarning faolligini ta’minlashga oid xulosalardan I-204-4-5 raqamli “Virtual resurslarni yaratish hamda ularni ingliz tiliga oid maxsus fanlardan axborot-kommunikatsion texnologiyalarda asoslangan holda ta’lim jarayoniga joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 24 iyundagi 89-03-2233-son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda ingliz nutqiy formulalarini, ulardan foydalanish vaziyatlarini o‘rgatish ko‘nikmalarini takomillashtirishga xizmat qilgan; 
tillararo chog‘ishtirish asosida jamlangan nutqiy muloqotning lingvomadaniyatga xos qonun-qoidalari dirasidagi tadqiqot materiallari Davlat ta’lim standartlarida asoslangan “5120100-Filologiya va tillarni o‘qitish (ingliz tili)” yo‘nalishidagi bakalavriat talabalari uchun mo‘ljallangan “Chet tili amaliy kursi” faniga kiritilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 19 iyundagi 89-03-2156-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz nutqiy formulalarini o‘qitish, madaniyatlararo muloqot tuzilmalarini o‘zbek tiliga tarjima qilish, ingliz tili mutaxassislari va tarjimonlarni tayyorlash amaliyotini jadallashtirishga xizmat qilgan; 
dissertatsiyaning turli til tizimidagi faol nutq formulalari, ularni qo‘llash vaziyatlari, frazeologik birliklarni o‘rganish bo‘yicha xulosalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining «Assalom Samarqand», «Ta’limdagi islohotlar», «Ingliz tili saboqlari» ko‘rsatuvlari ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 26 iyundagi 09-01/217-son ma’lumotnomasi). Natijada ayni ko‘rsatuvlarning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan va yangi manbalar bilan boyigan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish