Abduroxmonov Shavkatjon Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Rotorli don maydalagichning parametrlarini asoslash”,05.07.01–Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/T941.
Ilmiy rahbar:Alijanov Djabpar, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSs.03/30.12.2019.T.10.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor; Qarshiev Faxridin Umarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: “BMKB-Agromash”AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rotorli don maydalagichning texnologik ish jarayoni, uning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
donlarni rotor va stator pazlari oralig‘ida sifatli maydalash imkonini beradigan rotorli don maydalash qurilmasi ishlab chiqilgan;
maydalagich ishchi kamerasiga kirishdagi rotor va stator pazlari o‘lchamlari donning diametri va maydalanish deformatsiyasini hisobga olgan holda aniqlangan;
maydalagich rotorning aylanishlar soni don bo‘lagining radial yo‘nalishda harakatlanishini ta’minlash shartidan kelib chiqib asoslangan;
rotor va stator oralig‘ida donning siqilishi va maydalanish ko‘rsatkichlari maydalagich ishchi qismlarining geometrik parametrlari va tezlik rejimlariga bog‘liq holda aniqlangan;
don maydalagich maqbul parametrlari qurilma yuqori ish unumida maydalashga sarflanadigan energiyaning eng kam bo‘lishini hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rotorli don maydalagichning parametrlarini asoslash bo‘yicha tadqiqotlar natijalari asosida:
don materiallarini maydalaydigan rotorli maydalagichga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (“Don materiallarini oqlash va qobig‘ini ajratish qurilmasi”, FAR № 01131-2014 y.) Natijada, maydalagich pazlarga ega rotor va statordan tashkil topgan rotorli don maydalagich qurilmasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
rotorli don maydalagich Toshkent viloyati O‘rtachirchiq tumani fermer xo‘jaliklarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 26-iyundagi 02/023-1918-son ma’lumotnomasi). Natijada, donlarni maydalab, ozuqa tayyorlashda mehnat sarfini 1,33 martaga va jarayonning energiya sig‘imini esa 1,81 martaga kamaytirish imkoniga ega bo‘lingan;
rotorli don maydalagichni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha- konstruktorlik xujjatlari «Agregat zavodi» AJda joriy qilingan(Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 26-iyundagi 02/023-1918-son ma’lumotnomasi). Natijada, energiya va resurstejamkor rotorli don maydalagichni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish