Ismanova Arofat Abdulxamidovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kasb-hunar kollejlarida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi profilaktik ishlarning ijtimoiy-pedagogik tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3DSc/Ped80.
Ilmiy maslahatchi: Quronov Muhammadjon, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Mardonov Shukrillo Qo‘ldoshevich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Qurbonov Shavkat Ergashevich, pedagogika fanlari doktori, professor; Shermuhammadov Bahodir Shermuhammadovich, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kasb-hunar ta’limi muassasalarida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi profilaktik ishlarning ijtimoiy-pedagogik tizimini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi “Jaholatga qarshi ma`rifat” bilan kurashish nazariyasi fanlararo integratsiyaga asoslangan “Kvartet-blok”prinsipi (huquqiy, pedagogik, terrologiya, psixologiya) bilan boyitilgan;
diniy ekstremizm va terrorizm g‘oyalari ta’sirining oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar kompleksida “Oila-Mahalla-Ta’lim muassasasi” ijtimoiy-pedagogik hamkorligining terrologik mazmuni alohida yo‘nalish sifatida asoslangan;
diniy ekstremizmga moyil oilalar farzandlari ma’naviyatini sog‘lomlashtirishning ijtimoiy-ma’rifiy texnologiyalari (“Bir ziyoli – besh oilaga ma’naviy homiy”, “Bir tahdidga besh zarba”, ijtimoiy-pedagogik tahlil, kinolektoriy) asosida pedagogik korreksiya usullari takomillashtirilgan;
diniy ekstremistik oqim ta’siriga tushib qolgan o‘smirlar bilan individual ishlashning neyrolingvistik dasturlash texnologiyasi ishlab chiqilgan va ma’naviy reabilitatsiya yo‘nalishida joriy qilingan;
o‘quvchi-yoshlarda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi mafkuraviy immunitetning g‘oyani tanish, bilish, baholash, refleksiya, interiorizatsiya, qaror, reaksiya, mustahkamlash va takomillashtirish komponentlari uyg‘unligini ta’minlashga qaratilgan lokal-modulli texnologiya ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi profilaktik ishlarning ijtimoiy- pedagogik tizimini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi pedagogik profilaktika samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflaridan “Men diniy ekstremizm va terrorizmning tahdidini qanday tushunaman?” mavzularidagi ijodiy maqolalar tanlovi Nizomini ishlab chiqishda, oliy ta’lim muassasalarida “Ijtimoiy ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va diniy mutaasiblikka qarshi kurash bo‘yicha yoshlarga oid Dastur”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 oktyabrdagi №89-03-3553-son ma’lumotnomasi). Natijada, ta’lim muassasalarida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi pedagogik profilaktika samaradorligini oshirish imkoniyatlari yaratilgan;
kasb-hunar kollejlarida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi ishlab chiqilgan mafkuraviy pedagogik profilaktika usullaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining “O‘zbekiston Respublikasida 2018 yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning V-yo‘nalish 41-bandi: “Terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat” va boshqa tahdidlarga qarshi samarali kurash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida nashr etilgan targ‘ibot uslubiy qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 01/010-1057-18-son ma’lumotnomasi). Natijada, kasb-hunar kollejlarida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi ijtimoiy pedagogik hamkorlik samaradorligiga erishilgan;
diniy ekstremizmga moyil oilalar farzandlari ma’naviyatini korreksiyalashning ijtimoiy-ma’rifiy texnologiyalari (“Bir ziyoli – besh oilaga ma’naviy homiy”, “Bir tahdidga besh zarba”, ijtimoiy-pedagogik tahlil, kinolektoriy) asosida ishlab chiqilgan pedagogik korreksiyalash usullaridan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan A.54-raqamli shartnoma asosida “Jamiyatda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi ijtimoiy profilaktika mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi grant loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 01/010-1057-18-son ma’lumotnomasi). Natijada, Markazning 14 ta hududiy bo‘linmalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyundagi din arboblari va jamoat tashkilotlari vakillari bilan bo‘lib o‘tgan videoselektoridagi vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida diniy ekstremistik oqim a’zolarining farzandlarini ijtimoiy reabilitatsiya qilish va sog‘lom hayotga qaytarish, ularni jamoat ishlariga, fan va kasb-hunar to‘garaklariga jalb etishda olib borilayotgan tushuntirish-profilaktika suhbatlari samaradorligini ta’minlashga imkoniyat yaratilgan;
diniy ekstremizmga moyil yoshlar ongini pedagogik reablitatsiya va kompensatsiya qilishning takomillashtirilgan usullari, shakl va vositalaridan yosh avlodni himoya qilishga qaratilgan pedagogik profilaktika samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘quv-trening dasturlari, “Profilaktika maktabi” mexanizmi hamda ilmiy-amaliy qo‘llanma va tavsiyalardan kasb-hunar markazining 2017 yil apreldagi XZ-02/04-93/VMB-son xatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashda jamoatchilik nazoratini tizimli tashkil etishning dolzarb masalalari to‘g‘risida”gi 50-son majlis bayoni 15-bandida belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Markazning chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda hamda Markazning 2018 yil MX-01/04-65-son xatiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan, yoshlarda yuksak vatanparvarlik fazilatlarini e’tiqod darajasida shakllantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan va ushbu mexanizm amaliyotga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Kasb-hunar ta’limi markazining 2018 yil 12-oktyabrdagi 01/46-57-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning yoshlar hayotiga joriy qilinishi mamlakatimizning barcha hududlarida yashovchi yoshlar orasida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi profilaktika samaradorligini oshirishda ijobiy natija berganligi tasdiqlangan.