Isroilova Ruhshona Sunnatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Boshlang‘ich sinf ona tili darslarini loyihalash jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish texnologiyasi», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped790. 
Ilmiy rahbar: Mahmudov Mels Hasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa  nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti,  PhD.03/27.02.2020.Fil.72.09. 
Rasmiy opponentlar: Kiyamov Nishon Sadikovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Yuldasheva Dilorom Nigmatovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich sinf ona tili darslarini loyihalash jarayonida o‘quvchilarni ijodiy faollashtirish texnologiyasini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf ona tili fani mazmunining jarayoniy va vositaviy xususiyatlari, o‘quvchi va o‘quv materiallari orasidagi bog‘lanishlarning shakllanganlik darajasi malaka talablaridagi kommunikativ kompetensiyalar asosida isbotlangan;
ona tili darslarida o‘quvchilarni faollashtirish texnologiyasi modelining tashkiliy komponenti yondashuvlar (mantiqiy, evristik, integrativ, avtoritar, tanqidiy, kognitiv-pragmatik) va tamoyillar (ilmiylik, uzviylik, ketma-ketlik, ko‘rgazmalilik, mobillik, modellashtirish)  asosida dalillangan; 
boshlang‘ich sinf ona tili darslarini loyihalash jarayonida o‘quvchilarni faollashtirishning tayanch kompetensiyalari til va tafakkurning o‘zaro dialektik  qonuniyatlari asosida integratsiyalash texnologiyasining farqlanishi asoslangan;
o‘quvchilarni ijodiy faollashtirishda qo‘llanadigan interfaol metodlar (activating game technologies, competing teams, performing didactic functions) va ijodiy xarakterdagi o‘quv topshiriqlarini bajarishda o‘qituvchi hamda o‘quvchi  hamkorligi asosida tashkil etishning voqelanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Boshlang‘ich sinf ona tili darslarini loyihalash orqali o‘quvchilarni faollashtirish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida: 
boshlang‘ich sinf ona tili fani mazmunining jarayoniy va vositaviy xususiyatlari, o‘quvchi va o‘quv materiallari orasidagi bog‘lanishlarning shakllanganlik darajasi malaka talablaridagi kommunikativ kompetensiyalar kabi xulosalardan A1-QX-1-95207-raqamli «Zamonaviy darslarda konseptrizm tamoyili asosida taqdim etiladigan o‘quv materiallarini tanlash va loyihalash» nomli amaliy loyihada (2012-2014 yy.) foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 sentyabrdagi 89-03-3251-son ma’lumotnomasi). Natijada, ona tili darslarida o‘quvchilarni faollashtirish texnologiyasi tashkiliy komponentning yondashuvlari (mantiqiy, evristik, integrativ, avtoritar, tanqidiy, kognitiv-pragmatik)  va tamoyillari (ilmiylik, uzviylik, ketma-ketlik, ko‘rgazmalilik, mobillik, modellashtirish) asosida takomillashtirilgan; 
boshlang‘ich sinf ona tili darslarini loyihalash jarayonida o‘quvchilarni faollashtirishning tayanch kompetensiyalari til va tafakkurning o‘zaro dialektik  qonuniyatlari asosida integratsiyalash texnologiyasi haqidagi xulosalardan A1-XT-0-92997-raqamli «Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari» nomli amaliy loyihada (2012-2014 yy.) foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 sentyabrdagi 89-03-3251-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu takliflar boshlang‘ich sinf ona tili darslarini loyihalash o‘quv jarayonining sifatiga va samaradorligining oshishiga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf ona tili darslarini loyihalash jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish texnologiyasining hozirgi darajasini tahlil qilish, faollashtirish imkoniyatlarini izlash, faollashtirish texnologiyasi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga oid xulosalaridan F3-2016-0908165532 - raqamli «Qoraqalpoq tilining yangi alfaviti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi» nomli fundamental loyihada (2017-2020 yy.) foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 noyabrdagi 89-03-4801-son ma’lumotnomasi). Natijada, ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini takomillashtirish, ona tili darslarining samaradorligini oshirish jarayonini tashkil etish, mazmunini boyitish, o‘quv-tarbiya jarayonining sifati va samaradorligini ta’minlash prinsiplari va vositalari hamda boshlang‘ich sinflarning ona tili dasturi va darsliklarining mazmuni bilan bog‘liqligi asoslangan;
boshlang‘ich sinf ona tili darslarini loyihalash jarayonida o‘quvchilarning psixologik muhofazasini shakllantirish, ularning kasbiy tafakkurini rivojlantirishda psixologik jihatdan tayyorgarligini oshirishga oid xulosalardan  OT-F1- raqamli «Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari» mavzusidagi amaliy loyihada (2018-2020 yy.) foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 17 noyabrdagi 89-03-4801-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktab o‘quvchilarida milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirish, ularning psixologik jihatdan tayyorgarligini oshirish jarayonida xulosalar chiqarishga erishilgan;  
boshlang‘ich sinf ona tili darslarini loyihalash jarayonida o‘quvchilarni ijodiy faollashtirishda (activating game technologies, competing teams, performing didactic functions) interfaol metodlar va ijodiy xarakterdagi o‘quv topshiriqlarini bajarishda, o‘quv-biluv faoliyatini o‘qituvchi va o‘quvchi  hamkorligi asosida tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar «Ona tili ta’limida o‘quvchilarning ijodiy faoliyatini loyihalashtirish» nomli metodik ko‘llanmaning mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 11 sentyabrdagi 89-03-3251-son ma’lumotnomasi). Natijada,  ushbu takliflar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish, rivojlantirish jarayoniga tegishli tahlillarni yoritib berishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish