Azimova Dilafruz Mirzatullaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«O‘zbekistonda davlat qarzini boshqarishni takomillashtirish»,08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.2.PhD/Iqt1356.
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Sadriddin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;Davronov Shuxrat Zuxurovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, PhD.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda davlat qarzini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat qarzining hajmi, unga xizmat ko‘rsatish, davlat kafolatlari berish bo‘yicha vakolatlarni qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlar o‘rtasida ierarxiyaga asoslangan holda taqsimlash orqali davlat qarzini boshqarishda vakolatli sub’ektlarning rolini belgilash taklif etilgan;
davlat qarzi yuzaga kelishida davlat dasturlari, byudjet defisiti va favqulodda holat uchun alohida chegaraviy me’yorlarni joriy etish taklifi asoslangan; 
ichki bozorda davlat obligatsiyalarining qisqa va uzoq muddatli shakllarini joylashtirishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotib olishga nisbatan tamoyillarni belgilash natijasida norezidentlar uchun ham ishtirok etish qoidalarini joriy etish asoslangan;
tashqi qarz yuzasidan hukumat kafolati berilishida davlat hokimiyat organlari hamda xususiy sektor uchun alohida mezonlarni shakllantirish va joriy etish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistondadavlat qarzini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat qarzining hajmi, unga xizmat ko‘rsatish, davlat kafolatlari berish bo‘yicha vakolatlarni qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi organlar o‘rtasida ierarxiyaga asoslangan holda taqsimlash orqali davlat qarzini boshqarishda vakolatli sub’ektlarning rolini belgilash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan davlat qarzini boshqarishning qonunchilik asoslarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasining 2020 yil 9 iyundagi 04/1-1491-son ma’lumotnomasi). Taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida O‘zbekistonda davlat qarzini boshqarishda vakolatli sub’ektlarning roliga aniqlik kiritilishi orqali mazkur jarayon samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan;  
davlat qarzi yuzaga kelishida davlat dasturlari, byudjet defisiti va favqulodda holat uchun alohida chegaraviy me’yorlarni joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan davlat qarzini boshqarishning qonunchilik asoslarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 9 iyundagi 04/1-1491-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida O‘zbekistonda davlat qarzini boshqarishda davlat dasturlari, byudjet defisiti va favqulodda holat uchun alohida belgilangan chegaraviy me’yorlar orqali davlat qarzi hajmini nazorat qilish hamda unga xizmat ko‘rsatishni samarali tashkil etish imkoni yaratilgan;  
ichki bozorda davlat obligatsiyalarining qisqa va uzoq muddatli shakllarini joylashtirishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan sotib olishga nisbatan tamoyillarni belgilash natijasida norezidentlar uchun ham ishtirok etish qoidalarini tatbiq etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan davlat qarzini boshqarishning qonunchilik asoslarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 9 iyundagi 04/1-1491-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida ichki bozorda qisqa va uzoq muddatli davlat obligatsiyalarini joylashtirishda norezidentlarning ishtirokini ta’minlash orqali mazkur jarayonni faollashtirish imkoni yaratilgan;
tashqi qarz yuzasidan hukumat kafolati berilishida davlat hokimiyat organlari, xususiy sektor uchun alohida mezonlarni shakllantirish va joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasi tomonidan davlat qarzini boshqarishning qonunchilik asoslarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 9 iyundagi 04/1-1491-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida tashqi qarz yuzasidan hukumat kafolati berilishida davlat hokimiyat organlari, xususiy sektor uchun alohida mezonlarning  belgilanishi kafolatlar taqdim etish samaradorligining oshishiga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish