Ganiev Sherzod Alisherovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Axloqqa qarshi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni takomillashtirish», 12.00.02–Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /LA № 0000114/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.Yu27.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, 14.07.2016.Yu.30.01.
Ilmiy maslahatchi: Axtam Salomovich Tursunov, yuridik fanlar doktori.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Xayrullo Ibodullaevich, yuridik fanlar doktori; Kutibaeva Elizaveta Duysenbaevna, yuridik fanlar doktori; Ibragimov Zokirjon Sultonovich, yuridik fanlar doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Oliy o‘quv kurslari.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: axloqqa qarshi huquqbuzarliklar bilan kurashishning ma’muriy-huquqiy vositalarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
profilaktik hisobga olinadigan shaxslar toifasiga «pornografik mahsulotni qonunga xilof muomalasi», «zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni qonunga xilof muomalasi», «fohishalik bilan shug‘ullanish» ma’muriy huquqbuzarliklarini sodir etganlarni ham kiritish asoslangan;
«fohishaxona tashkil etish yoki saqlash» «qo‘shmachilik qilish» harkatlarini alohida jinoyat tarkibi sifatida ajratish isbotlangan;
«pornografik mahsulotni qonunga xilof muomalasi», «zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni qonunga xilof muomalasi», «fohishalik bilan shug‘ullanish» ma’muriy huquqbuzarliklarining ob’ektiv va sub’ektiv belgilari va profilaktikasining tavsifi aniqlashtirilgan;
«pornografik mahsulotni qonunga xilof muomalasi», «zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni qonunga xilof muomalasi», «fohishalik bilan shug‘ullanish» uchun javobgarlik belgilangan normalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
axloqqa qarshi huquqbuzarliklarning yangi turlari – zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni, pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida saqlash, mamlakat hududidan olib chiqish, fohisha (fohish)ning shahvoniy xizmatidan foydalanish, fohisha (fohish)likni targ‘ib qilish, lesbiyanlik uchun javobgarlik belgilovchi normalarni qonunga kiritish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Axloqqa qarshi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlikni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
pornografik mahsulotni qonunga xilof muomalasi, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni qonunga xilof muomalasi, fohishalik bilan shug‘ullanish ma’muriy huquqbuzarliklarini sodir etgan shaxslarga nisbatan profilaktika tadbirlarini samarali amalga oshirishga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonuning 35-moddasi (o‘ziga nisbatan profilaktik hisobga olish deb yuritiladigan shaxslar) 1-qismi 6-xatboshida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2016 yil 4 oktyabrdagi 06/1-05/1410 vx-son dalolatnomasi). Mazkur taklif ichki ishlar organlari tomonidan profilaktik hisobga olinadigan shaxslar toifasiga pornografik mahsulotni qonunga xilof muomalasi, zo‘ravonlikni yoki shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi mahsulotni qonunga xilof muomalasi, fohishalik bilan shug‘ullanish ma’muriy huquqbuzarliklarini sodir etgan shaxslarni ham kiritishga imkon berdi. Shuningdek, bunday shaxslarni axloqan buzilishi va takroran huquqbuzarlik sodir etishining oldini olishga xizmat qildi;
fohishaxona tashkil etish yoki saqlashni qo‘shmachilik qilishga nisbatan ijtimoiy xavfli qilmish deb baholash, og‘irroq jazo choralarini nazarda tutish haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi (fohishaxona saqlash yoki qo‘shmachilik qilish) 1-, 2-qismlarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2016 yil 4 oktyabrdagi 06/1-05/1411 vx-son dalolatnomasi). Ushbu takliflar fohishaxona tashkil etish yoki saqlash va qo‘shmachilik qilish harakatlarini alohida jinoyat tarkiblari sifatida ajratilishini ta’minladi. Shuningdek, ushbu jinoyatlar uchun tayinlanadigan jazolarning odilona bo‘lishiga, mazkur qilmishlarning to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishiga va ularga qarshi kurash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi;
axloqqa qarshi huquqbuzarliklar profilaktikasi chora-tadbirlarining samaradorligini oshirishga oid xulosa va takliflar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining «Odam savdosi, jinsiy erkinlik va axloqqa qarshi huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish bo‘yicha» yo‘riqnomasining 1-, 2-, 4-, 5-, 6-, 7-boblarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2015 yil 29 iyundagi 26/1448-son va 2016 yil 5 oktyabrdagi 6/1615-son dalolatnomalari). Tadqiqot natijalaridan foydalanishi ichki ishlar organlari huquqbuzarliklarning oldini olish xizmatining axloqqa qarshi huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish faoliyatining samaradorligini oshirdi;
axloqqa qarshi huquqbuzarliklarning huquqiy tavsifiga oid xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2015 yil 6 yanvardagi 3-son farmoyishi asosida tayyorlanib, barcha hududiy, mahalliy va tarmoq ichki ishlar organlariga xizmat faoliyati davomida foydalanish uchun yuborilgan. Ushbu takliflar asosida chiqarilgan xulosalar «Odam savdosi va axloqqa qarshi huquqbuzarliklarning huquqiy tavsifi» nomli uslubiy qo‘llanmaning II bobida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2016 yil 25 yanvardagi 16/7-320-son dalolatnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi axloqqa qarshi huquqbuzarliklarning to‘g‘ri kvalifikatsiya qilinishiga hissa qo‘shgan;
axloqqa qarshi huquqbuzarliklarning ma’muriy-huquqiy jihatlariga oid xulosalar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Vazirlik oliy ta’lim muassasalari uchun tavsiya qilingan, jumladan «Ma’muriy huquq» va «Kriminologiya. Maxsus qism» darsliklarining tegishli boblarida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2015 yil 27 iyuldagi 2/3662-son, 2016 yil 4 iyuldagi 2/2832-son xatlari). Ilmiy natijalar asosida tayyorlangan darsliklaraxloqqa qarshi huquqbuzarliklarning ma’muriy-huquqiy, kriminologik tavsifiga oid ilmiy nuqtai nazarlarni mukammallashtirgan.