Kadirxodjaev A’zam Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘chkilardan erta ogohlantirishda zamonaviy boshqaruv tizimlar va monitoring texnologiyalari», 04.00.04 – Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/GM17. 
Ilmiy rahbar: Bakiev Saidnasim Alimovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti” DM. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi DSc.03/05.06.2020.T.03.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Irgashev Yuldashbay, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Minchenko Vyacheslav Dmitrievich, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: Seysmologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: xavfli geologik jarayonlar mavjud hududlarida zamonaviy monitoring texnologiyalari va boshqaruv uslublari orqali nazorat tizimini takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ko‘chkilar va ularni keltirib chiqaruvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni interaktiv tahlil qilish imkonini beruvchi ehtimollik yondashuvi asoslangan;  
xavfli geologik jarayonlarni tahlil qilish tamoyillari va uslublari to‘liq tavsiflanib takomillashtirilgan;
yirik ko‘chki namoyonlarini tasvirlash imkonini beruvchi ob’ekt tahliliga yo‘naltirilgan konseptual model asoslangan;
to‘plangan ma’lumotlarni yagona konseptual asosga birlashtirish bilan ko‘chkilar va atrof-muhit omillarining yagona bazasi yaratilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ko‘chkilardan erta ogohlantirishda zamonaviy boshqaruv tizimlari va texnologiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
ko‘chkilarni aniqlash bo‘yicha chastotalar nisbati uslubiyati «Davlat kuzatish xizmati» DMning muxandislik-geologik tadqiqotlariga joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 27 avgustdagi 04/08-son ma’lumotnomasi). Natijada, yirik ko‘chkilar havfini baholashga hizmat qilgan; 
chastotalar nisbati bo‘yicha extimollik modeli «Davlat kuzatish xizmati» DMning monitoring ob’ektlarida joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 27 avgustdagi 04/08-son ma’lumotnomasi). Natijada, ko‘chkilar va ularning sababchi omillari o‘rtasidagi interaktiv bog‘liqliklarni aniqlash imkonini bergan;
ko‘chkilar ehtimoli yuqori hududlar xaritalarini tuzishning takomillashtirilgan uslubiyati «Davlat kuzatish xizmati» DMning faoliyatiga joriy etilgan (Davlat geologiya qo‘mitasining 2020 yil 27 avgustdagi 04/08-son ma’lumotnomasi). Natijada, chastota modeli aniqligini tasdiqlashga hamda Bo‘stonliq tumanidagi tog‘li hududlarda qo‘chki ehtimoli zonalarini samarali ajratishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
ko‘chkilarni aniqlashda chastotalar nisbati uslubiyati va modeli Koreya geologiya fanlari va mineral resurslar institutida injener geologik tadqiqotlar ma’lumotlarini taxlil qilishda foydalanilgan (KIGAM institutining 2020 yil 20 iyuldagi 314-82-02238-son ma’lumotnomasi). Natijada, yirik ko‘chkilar va ularga ta’sir etuvchi asosiy omillari o‘rtasidagi fazoviy munosabatlarini ishonchli va sifatli tahlil qilish, ko‘chkilar zonasini interaktiv xaritalashtirish hamda qo‘chkilar ehtimoli yuqori nuqtalarini ajratish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish