Sabirov Nizomboy Xayitbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qobiqli konstruksiyalarning turli yuklanish ko‘rinishlarida deformatsiyalanishini hisoblashni sonli modellashtirish”, 01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi;05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T556.
Ilmiy rahbarlar: Abdusattarov Abdusamat, texnika fanlari doktori, professor; Yuldashev Tajimat, texnika fanlar doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01 (bir martalik IK).
Rasmiy opponentlar:Yuldashev Sharafitdin Sayfitdinovich, texnika fanlari doktori, professor;Nuraliev Faxriddin Murodullaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi statik va dinamik yuklanishdagi qobiqli konstruksiyalarning deformatsiyalanishini matematik modellarini, shuningdek turli chegaraviy va boshlang‘ich shartlarda qobiq konstruksiyalar elementlarini kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini tahlili uchun hisoblash algoritmlari va dasturiy vositalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Gamil`ton-Ostrogradskiyning variatsion prinsipi asosida shpangoutlar bilan mustahkamlangan qobiq konstruksiyalarning deformatsiyalanish modeli yaratilgan;
silindrik va sferik qobiq konstruksiyalarning deformatsiyalanishining aniqlashtirilgan hisobiy modeli ishlab chiqilgan;
statik va dinamik yuklanishlarda silindrik va sferik qobiq uchun chegaraviy masalani echish uslublari ishlab chiqilgan;
yupqa qobiq konstruksiyaning – sisterna elementlari hisobini aniqlovchi algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Statik va dinamik yuklanishdagi qobiqli konstruksiyalarning deformatsiyalanishini matematik modellarini, shuningdek turli chegaraviy va boshlang‘ich shartlarda qobiq konstruksiyalar elementlarini kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini tahlili uchun hisoblash algoritmlari va dasturiy vositalarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ishlab chiqilgan hisoblash algoritmlari, chekli ayirmalar usuli asosida qurilgan diskret sxemalar va yaratilgan dasturlar majmuasi «Tashkent metroproekt» MChJ korxonalariga joriy etilgan (Qurilish vazirligining 2019 yil 9 sentyabrdagi 6576/09-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, dasturiy ta’minot hisoblash jarayonini yuqori aniqliligi, ishlab chiqilgan uslublar samaradorligi loyiha ishlari unumdorligini 12-18% ga oshirish va hisoblash jarayonini 2 marta kamaytirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan hisoblash algoritmlari, chekli ayirmalar usulidan foydalanib silindrik qobiq konstruksiyalarning statik yuklanishlarda deformatsiyalanishining matematik modellari va yaratilgan dasturiy majmua “O‘zog‘irsanoatloyiha” AJ ob’ektlarida joriy etilgan (Qurilish vazirligining 2019 yil 9 sentyabrdagi 6576/09-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, dasturiy ta’minot yuqori aniqliligi va ishlab chiqilgan usullar samaradorligi hisoblash jarayonini 1,5 marta kamaytirishga va loyiha ishlari unumdorligini 10-15% ga oshirish imkonini bergan.