Petrov Andrey Aleksandrovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Betonli gidrotexnika inshootlaridan foydalanish ishonchliligini oshirish usullarini takomillashtirish”, 05.09.06 – Gidrotexnika va meliorativ qurilish(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1230.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Ilxomjon Ernazarovich,texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti,DSs.03/30.12.2019.T.10.02.
Rasmiy opponentlar:Xo‘jaqulov Rustam, texnika fanlari doktori professor;Sherov Anvar G‘ulomovich,texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot:Toshkent arxitektura-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gidrotexnika inshootlarining uzluksiz ishlashi sharoitida ularning konstruksiyalaridagi karbonlashgan beton elementlaridan foydalanish muddatlarini uzaytirish uchun fil`tratsiyaga va korroziyaga qarshi  materiallarni texnologik xususiyatlarini yaxshilash orqali BNK (bitum natriyli kauchuk)ning sovuq kompozisiyasi tarkibini takomillashtirish hamda korroziyaga qarshi va germetiklovchi himoya qoplamali GTI ishonchlilik holatini bashoratlash uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gidrotexnik inshootlar konstruksiyalari elementlarini gidroizolyasiyasi uchun zarur kompozisiyalarning umumiy qonuniyati bitum-polimer strukturasi shakllanishini inobatga olib takomillashtirilgan;
sovuq kompozisiyani tarkibi plastiklashtiruvchi komponentlarni inobatga olgan holda takomillashtirilgan;
gidrotexnika inshootlari konstruksiyalari elementlarini barqarorligi va uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash imkoniyati sovuq kompozisiyalardan foydalanishni inobatga olgan holda asoslangan;
gidrotexnika inshootlarining korroziya va fil`tratsiyaga qarshi qoplamali konstruksiyalarini inobatga olib, foydalanish muddatlarini baholash va bashoratlash uchun matematik model` ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Betonli gidrotexnik inshootlarning ekspluatatsion mustahkamligini oshirish usullarini takomillashtirish asosida:
plastiklashtiruvchi komponentlari asosidagi takomillashtirilgan sovuq kompozisiya tarkibi Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Toshkent viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 noyabrdagi 03/25-4362-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan innovatsion sovuq BSR kompozision material o‘zining yuqori ekspluatatsion-texnik va iqtisodiy xarakteristikalari bilan bir qatorda GTI lar ishonchliligin oshishini ta’minlagan;
gidrotexnik inshootlar konstruksiyalari elementlarini gidroizolyasiyasi uchun zarur kompozisiyalarning takomillashtirilgan umumiy qonuniyati Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Toshkent viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga joriy etilgan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 noyabrdagi 03/25-4362-son ma’lumotnomasi). Natijada, gidrotexnika ob’ektining suv ostidagi sohasini ekspluatatsiyasida korroziyaga va fil`tratsiyaga qarshi ekranli va choklarni kuchaytiradigan himoya fragmentlari hosil qilingan;
gidrotexnika inshootlari konstruksiyalari elementlarini barqarorligi va uzoq muddat xizmat qilishini ta’minlash uchun sovuq kompozisiyalardan foydalanish Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Toshkent viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 noyabrdagi 03/25-4362-son ma’lumotnomasi). Natijada, beton va temir betondan qurilgan gidrotexnika inshootlari elementlarining avariyasiz hizmat muddatlarini uzaytirish uchun gidroizolyasiya materialini yil davomida qo‘llash imkoniyati yaratilgan;
gidrotexnika inshootlarining korroziya va fil`tratsiyaga qarshi qoplamali konstruksiyalarini inobatga olib foydalanish muddatlarini baholash va bashoratlash uchun ishlab chiqilgan matematik model` Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Toshkent viloyati suv omborlaridan foydalanish boshqarmasiga joriy etilgan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 12 noyabrdagi 03/25-4362-son ma’lumotnomasi). Dasturiy ta’minot joriy etilishi natijasida o‘zgaruvchan suv sathi sohasida agressiv muhit sharoitlarida sovuq kompozisiya asosidagi fil`tratsiyaga qarshi germetiklovchi ekran ishonchliligini baholash imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish