Yusupova Nargiza Maxammasidik qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polivinilxlorid asosidagi yangi anionitlarning fizik-kimyoviy xossalari», 02.00.04 – Fizik kimyo; 02.00.06 – Yuqori molekulyar birikmalar (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/K127.
Ilmiy rahbarlar: Gafurova Dilfuza Anvarovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Muxamediev Muxtarjan Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kattaev Nuritdin Turaevich, kimyo fanlari doktori; Trobov Xamza Tursunovich, kimyo fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: polivinilxlorid asosidagi yangi anionitlar sintezi jarayonining fizik-kimyoviy xossalari va ishlatilish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor polivinilxloridni geterogen sharoitlarda ammiak va geksametilenediamin bilan kimyoviy modifikatsiyalab donador sorbentlar olishning o‘ziga xos jihatlari aniqlangan;
olingan anionalmashinuvchi sorbentlarning tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari orasidagi bog‘likliklar aniqlangan;
ishlab chiqilgan sorbentda suvli eritmalardan turli metall ionlarini sorbsiyalash mexanizmi, komponentlarning o‘zaro ham ion-ion, ham kompleks ta’siri ega ekanligi isbotlangan;
sintez qilingan sorbentlarning kimyoviy va termik barqarorligi, shu jumladan kuchli oksidlovchi bo‘lgan xrom (VI) ionlariga nisbatan chidamliligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Polivinilxlorid asosida olingan anionitlarning fizik-kimyoviy xossalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ionalmashinuvchi donador materiallar olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan ixtiroga patent olingan (№IAP20100255; 2012 y.). Natijada, yangi polimer sorbent sintez qilish imkonini bergan;
ammiak bilan modifikatsiyalangan polivinilxlorid sorbentlari “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda sul`fat kislota ishlab chiqarish sexlari oqova suvlar tarkibidagi molibdenni ajratib olishga joriy qilingan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2020 yil 12 iyundagi 63-221-son ma’lumotnomasi). Natijada, molibden ionlarini oqava suvlardan ajratib olish imkonini bergan.