Nomozov Shuxratjon Yuldashali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilqum ekstraksion fosfor kislotasi bazasida suyuq suspendirlangan kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasi» 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam B2020.2.PhD/T1758.
Ilmiy rahbar: Seytnazarov Atanazar Reypnazarovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.T.20.03.
Rasmiy opponentlar: Shamshiddinov Israiljon Turgunovich, texnika fanlari doktori, professor; Allaniyazov Davran Orazimbetovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qizilqum ekstraksion fosfor kislotasi, karbamid, ammiakli selitra, KAS eritmasi va kaliy xloridi bazasida suspendirlangan suyuq kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suspendirlangan suyuq kompleks o‘g‘itlar olishda past konsentratsiyali fosfor kislotasini ammoniylashtirish yo‘li bilan bazis eritmasi tayyorlashning maqbul rejimi aniqlangan;
barcha hajm bo‘yicha gomogenlik va qatlamga ajralishga to‘rg‘unlikni saqlagan, uning kristallari muallaq holatda turuvchi SKO‘ olishda 26 %-li gilli suspenziyaning maqbul me’yori (Ammofos bo‘tqasi : Gilli suspenziya = 100 : 3) aniqlangan;
ilk bor magniy kompleks tuzlari asosida ammofos bo‘tqasidagi qattiq cho‘kmaning miqdoriy tarkibi BGMN/Profex Rietveld dasturiy ta’minoti komplekti asosida aniqlangan;
tomchilab qo‘llashga yaroqli bo‘lgan suyuq kompleks o‘g‘it sifatini sezilarli yaxshilash va uzoq ta’sir muddatiga ega NPMg-o‘g‘it olish imkonini beruvchi ammofos bo‘tqasini qattiq va suyuq fazalarga ajratish sharoitlari asoslangan;
ammofos bo‘tqasi va uning tozalangan suspenziyasi, karbamid, KAS eritmasi, ammiakli selitra va kaliy xloridi asosida yangi turdagi me’yorlashtirilgan suspendir va suyuq NP- va NPK-o‘g‘itlar olingan;
birlashgan texnologik tizimda suspendirlangan va tiniq NP- va NPK-o‘g‘itlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyolar asosida suyuq va suspendirlangan kompleks o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
3% gilli suspenziya qo‘shilgan ammofos bo‘tqa, KAS-32 eritmasi va kaliy xloridi asosida SSKO‘ olish texnologiyasi «Ammofos-Maxam» AJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Ammofos-Maxam» AJning 2020 yil 16 sentyabrdagi 1520/S-son ma’lumotnomasi). Natijada, kam issiqlik energiyasi va ekpluatatsion sarf harajatlarga ega turli xil nisbatlarda ozuqa elementlarga ega bo‘lgan turg‘un SKO‘ olish imkonini bergan;
tozalangan ammofos suspenziyasi, KAS-32 eritmasi va kaliy xloridi asosida tiniq SKO‘ olish texnologiyasi «Ammofos-Maxam» AJning «amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Ammofos-Maxam» AJning 2020 yil 16 sentyabrdagi 1520/S-son ma’lumotnomasi). Natijada, SKO‘ assortimentini kengaytirish va qishloq xo‘jaligini tomchilab chug‘orish sharoitida ekinlarni ildiz tashqarisidan oziqlantirish uchun suyuq preparatlar bilan ta’minlash imkonini bergan;
suspendirlangan murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha X-Respublika innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yarmarkasida «Ammofos-Maxam» AJ bilan 17-03-sonli xo‘jalik shartnomasi tuzilgan (2017 yil 24 martda №17-03/646-yur raqam bilan ro‘yxatga olingan). Natijada, kam sarf-harajatli suspendirlangan suyuq kompleks o‘g‘itlarning tajriba-sanoat ishlab chiqarishini tashkil qilish imkonini bergan.