Niyazova Shoxista Mansuralievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Issiqlikni himoyalovchi materiallar uchun Qaraxtoy andezibazal`ti asosida noorganik mineral tola olish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 02.00.15 – Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T337.
Ilmiy rahbar: Qodirova Zulayxo Raimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kucharov Baxrom Xayrievich, texnika fanlari doktori; Yunusov Mirjalil Yusupovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslar asosida past haroratda olinadigan noorganik mineral tola tarkibi va texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqilgan tajriba massalarining yuqori haroratdagi fizik-kimyoviy jarayonlar, hamda 850–1050°C harorat oralig‘idagi kristallanish natijasida temir tarkibli diopsid, avgit va qisman α-kvars mineral fazalari hosil bo‘lishi va fazaviy o‘tishi aniqlangan;
mineral tola namunalarining fizik-kimyoviy, texnologik va ekspluatatsiya xossalari omuxtaning komponent tarkibiga va haroratiga bog‘liq ravishda o‘zgarish qonuniyatlari asoslangan;
barqaror xossali mineral tolalar uchun silikat suyuqlanmalari olishning maqbul sharoitlari, shisha hosil bo‘lish jarayonlarining texnologik rejimlari, fraksiya tarkiblari, silikat shakllanishini tezlashtiruvchi reaksiyalar, hamda tajriba massalari suyuqlanmasining gomogenlashuvi aniqlangan;
mineral tolalarning energiya va resurslarni tejaydigan tarkibini ishlab chiqishda andezibazal`t xomashyosi bilan birga modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar-karbonatli dolomit va temir tarkibli toshqol ishlatilishi asoslangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xomashyo va ikkilamchi resurslardan foydalanib, mineral tola tarkiblarini va ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida modifikatsiyalovchi qo‘shimchalar - karbonatli dolomit va temirli toshqol bo‘lgan andezibazal`t asosida mineral tolalar olish uchun ishlab chiqilgan omuxta tarkibi «Bekobod-ogneupor» QKda «2022–2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Bekobod-ogneupor» QKning 2020 yil 6 iyundagi 107-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan tarkibni joriy etish natijasida chetdan keltirilganga nisbatan to‘rt marta arzon issiqlikni himoyalovchi materiallar uchun mineral tolalar olish imkonini bergan;
mahalliy magmatik jinslar va ikkilamchi resurslar asosida mineral tolalar olish texnologiyasi «Bekobod-ogneupor» QKda «2022–2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Bekobod-ogneupor» QKning 2020 yil 6 iyundagi 107-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaldagi me’yoriy talablarga javob beruvchi, energiyatejamkor mahsulot olish imkonini bergan.