Asqarov Nodirbek Ibragimovichning
doktorlik dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘zbekiston Respublikasida tashqi savdo va bojxona sohalarini uyg‘un boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /iqtisodiyot fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.I351.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti,14.07.2016.I.03.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Nosirjon Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abduraxmonov Odiljon Kalandarovich, iqtisodiyot fanlari doktori; Saidov Abdusobir Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy harbiy bojxona instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotningmaqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash hamda globallashuv jarayoni chuqurlashayotgan sharoitda tashqi savdo va bojxona sohalarini uyg‘un boshqarishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish, samarali rivojlantirishga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangligi:
Bojxona siyosatining to‘laqonli mohiyati asosida soha faoliyati yo‘nalishlarini guruhlash, kompleks bojxona tadbirlari tizimini uyg‘unlashtirish va bojxona siyosati komponentlarini qamrab olgan holda bojxona siyosati mohiyatining takomillashgan varianti tavsiya etilgan;
bojxona ishining to‘laqonli mohiyati va bojxona siyosati talablari asosida bojxona ishi mohiyatining takomillashgan varianti ishlab chiqilgan;
samarali boshqaruv va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash negizida indikatorlar tizimi taklif etilgan;
taklif etilgan indikatorlar mohiyatiga muvofiq tashqi savdoni bojxona omili asosida boshqarish yuzasidan tarkibiy ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan hamda boshqaruv qarorining maqbul holati ijrosining chegaraviy me’yorlari – «tahlikali yuqori chegara» va «tahlikali quyi chegara» asoslab berilgan;
innovatsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida bojxona omilini samarali boshqarish asosida tashqi savdo tarkibini optimallashtirish ishlarini tartibga solishning natijaviy-miqdoriy ko‘rsatkichlarini uslubiy aks ettirgan innovatsion indeks ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
bojxona va tashqi savdoni uyg‘un holda samarali boshqarish hamda bojxona xizmatini samarali rivojlantirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
kompleks tadbirlarni tizimlashtirish hamda bojxona siyosati komponentlarini to‘laqonli qamrab olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan «O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi» yangi tahririni ishlab chiqishda foydalanilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2016 yil 2 iyundagi 03-05/16-3363-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish bojxona ishini samarali tashkil etish, bojxona xodimlarining professional tarkibini shakllantirish, bojxona va tashqi iqtisodiy faoliyat uchun tegishli shart-sharoitlarini yaratish va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan kompleks normativ-huquqiy, bojxona, maxsus, ijtimoiy-iqtisodiy, nazorat kabi tadbirlar tizimini tashkil etishga xizmat qildi;
bojxona ishi mohiyatini nazariy jihatdan takomillashtirish yuzasidan bildirilgan taklifdan «O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi» yangi tahririni ishlab chiqishda foydalanilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2016 yil 2 iyundagi 03-05/16-3363-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijadan foydalanish bojxona siyosatini amalga oshirishni ta’minlash yuzasidan bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalari olib o‘tilishini bojxona rejimiga muvofiq amalga oshirish, boj to‘lovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, nazorati va monitoringi hamda bojxona-maxsus kabi tadbirlarni samarali tashkil etishga xizmat qildi;
TIF TNga innovatsion, dasturiy va xavfsizlikka tahdid etishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar guruhini kiritish yuzasidan berilgan taklif Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 2016 yil 23 aprel`dagi 104-son buyruq bilan tasdiqlangan «Bojxona ekspertizasini tayinlash va o‘tkazish qoidalari»da foydalanilgan. Taklifdan foydalanish TIF TNning axborot beruvchi funksiyasini kuchaytirish, maqsadli bojxona tadbirlari samaradorligini oshirish imkonini berdi;
tashqi savdo samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan ishlab chiqilgan 7 ta indikator mohiyatan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 2015 yil 1 maydagi 114-son buyruq bilan tasdiqlangan «Bojxona organlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risidagi nizom»da uslubiy ko‘rsatmalardan foydalanildi;
tashqi savdoni bojxona omili asosida boshqarish yuzasidan ishlab chiqilgan 22 ta tarkibiy ko‘rsatkich hamda boshqaruv qarorining maqbul holati ijrosining chegaraviy me’yorlari – «tahlikali yuqori chegara» va «tahlikali quyi chegara» mohiyatan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 2015 yil 5 martdagi 51-son buyruq bilan tasdiqlangan «Bojxona rasmiylashtiruvida ruxsatnoma va sertifikatlar talab etiladigan tovarlar ustidan bojxona nazoratini tashkil etish qoidalari»da uslubiy ko‘rsatmalardan foydalanildi;
tashqi savdoni bojxona omili asosida strategik boshqarishning innovatsion jarayonlarga ta’sirini uslubiy jihatdan baholash yuzasidan taklif etilgan «Innovatsion rivojlanishning bojxona – tashqi savdo boshqaruvi darajasi» indeksi mohiyatan Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan 2015 yil 22 mayda 140-son buyruq bilan tasdiqlangan «Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona ko‘rigi samaradorligini oshirishning 2015–2017 yillarga mo‘ljallangan Konsepsiyasi»da uslubiy ko‘rsatmalardan foydalanilgan. Indeksdan foydalanish innovatsion loyihalarni amalga oshirishda bojxona omilini samarali boshqarish asosida tashqi savdo tarkibini optimallashtirish ishlarini tartibga solish samaradorligini oshirish imkonini berdi.
O‘zbekiston Respublikasi TIF TN bobini «Bojxona kodeksi» moddalarida aks ettirilishi qo‘shimcha mablag‘larni davlat byudjetiga undirish uchun huquqiy asos sifatida ahamiyat kasb etib, 2016 yil 9 oy davomida tovarlarning TIF TN bo‘yicha kodi noto‘g‘ri belgilanib, bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirilishi oldini olish oqibatida Davlat byudjetiga 6 534 268 017 so‘m qo‘shimcha mablag‘ tushirilib, uning qisqa muddatdagi iqtisodiy samaradorligi belgilandi.