To‘raev No‘’monjon Nasibjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Imom Buxoriyning “at-Tarix al-kabir” asari hadis ilmiga oid muhim manba”, 24.00.02 – Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar293.
Ilmiy rahbar: Uvatov Ubaydulla Muradovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, DSc.35/30.12.2019.Isl/Tar/F.57.01.
Rasmiy opponentlar: Bekmirzaev Ilxomjon Isroiljonovich, tarix fanlari doktori (DSc), dotsent, Muhammadaminov Saidakbar Abdurashidovich, tarix fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Imom Buxoriyning «at-Tarix al-kabir» asari hadis ilmida roviylar va rivoyatlarni o‘rganish bo‘yicha muhim manba ekanini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«at-Tarix al-kabir»da roviyning shaxsi, ustoz va shogirdlari, umrida yolg‘on so‘zlamagani, xotirasining mustahkamligi, yashash davri va joylari kabi ishonchlilikni belgilash uchun zarur bo‘lgan asosiy tamoyillar jamlangani sababli mazkur kitob «jarh va ta’dil» hamda «ilal al-hadis»ga doir manba ekani dalillangan;
«at-Tarix al-kabir» roviylarning ishonchliligini belgilashda muhim manba sanalgani bois Imom Buxoriyning mashhur «al-Jome’ as-sahih» asari muhaddislar tomonidan sahih to‘plam sifatida alohida e’tirof etilishiga sabab bo‘lgani isbotlangan;
Imom Buxoriy 13 xil «jarh» va 8 xil «ta’dil»ga taalluqli atamalardan jami 600 o‘rinda foydalangan bo‘lib, 107 nafar roviyni ishonchli, 493 nafarini zaif deb ajratgani hamda asarda «jarh» yoki «ta’dil» bahosi berilmagan 13 mindan ziyod roviylarning hukmi esa, umumiy tarzda «ishonchli» deb qabul qilingani ochib berilgan;
Imom Termiziy o‘zining «as-Sunan»ida roviy va rivoyatlarni saralash, ularning sahih yoki zaifligini belgilashda «at-Tarix al-kabir»ni asos qilib olgani hamda Imom Buxoriyning «jarh va ta’dil»ga doir metodlarini yoritib bergani 38 ta rivoyatning chuqur tadqiqi natijasida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
«at-Tarix al-kabir»da roviyning shaxsi, ustoz va shogirdlari, umrida yolg‘on so‘zlamagani, xotirasining mustahkamligi, yashash davri va joylari kabi ishonchlilikni belgilash uchun zarur bo‘lgan asosiy tamoyillar jamlangani sababli mazkur kitob «jarh va ta’dil» hamda «ilal al-hadis»ga doir manba ekani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘qitiladigan «Hadisshunoslik» nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2020 yil 22 sentyabrdagi 4797-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ilmiy xulosalarning qo‘llanishi keng jamoatchilik, xususan, yoshlarda «at-Tarix al-kabir» asari Imom Buxoriyning hadis ilmiga oid qarashlarini o‘rganishdagi asosiy manba ekani to‘g‘risida tasavvur va ko‘nikmalar shakllantirilgan;
«at-Tarix al-kabir» roviylarning ishonchliligini belgilashda muhim manba sanalgani bois Imom Buxoriyning mashhur «al-Jome’ as-sahih» asari muhaddislar tomonidan sahih to‘plam sifatida alohida e’tirof etilishiga sabab bo‘lgani to‘g‘risidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida «Islomshunoslik» ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan «Hadis istilohlari» nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-147-son buyrug‘i). Natijada, talabalarda Imom Buxoriyning «al-Jome’ as-sahih» asaridagi hadislar ishonchliligi «at-Tarix al-kabir» bilan asoslangani, ushbu ikki manba bir vaqtda yozilgani to‘g‘risidagi tasavvurlar kengayishiga xizmat qilgan;
Imom Termiziy o‘zining «as-Sunan»ida roviy va rivoyatlarni saralash, ularning sahih yoki zaifligini belgilashda «at-Tarix al-kabir»ni asos qilib olgani hamda Imom Buxoriyning «jarh va ta’dil»ga doir metodlarini yoritib bergani bilan bog‘liq ilmiy xulosalar Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan buyurtma asosida tayyorlangan «Buyuk yurt allomalari» nomli kitob mazmuniga singdirilgan (Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2020 yil 18 noyabrdagi 03-26/22-son ma’lumotnomasi). Natijada, keng jamoatchilikning Imom Buxoriy va Imom Termiziy orasidagi ustoz-shogird aloqalari, ularning hadis ilmi rivojida tutgan o‘rni haqidagi bilimlarini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etgan;
Imom Buxoriy 13 xil «jarh» va 8 xil «ta’dil»ga taalluqli atamalardan jami 600 o‘rinda foydalangan bo‘lib, 107 nafar roviyni ishonchli, 493 nafarini esa zaif deb ajratgani hamda asarda «jarh» yoki «ta’dil» bahosi berilmagan 13 mindan ziyod roviylarning hukmi esa umumiy tarzda «ishonchli» deb qabul qilinganiga doir ilmiy xulosalar Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi buyurtmasi asosida tayyorlangan «O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi» nomli kitob mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2020 yil 5 noyabrdagi 02/343-son ma’lumotnomasi). Natijada Imom Buxoriyning hadis ilmiga doir metodlarini o‘rganishda, ularni to‘g‘ri talqin etish va keng jamoatchilikka etkazishda, shuningdek hadislarni noto‘g‘ri talqin etish bilan bog‘liq ixtiloflar oldini olishda muhim ahamiyat kasb etgan.