Norbo‘taev Erkin Xo‘rozovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ichki ishlar organlarining lisenziyalash faoliyatini takomillashtirish», 12.00.02. – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Yu146.
Ilmiy rahbar: Selimanova Svetlana Mixaylovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi,  DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Isamiddin, yuridik fanlar doktori, professor; Allambergenov Saparbay Dauletbaevich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar organlarining lisenziyalash faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarni ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshirilishi uchun lisenziya talab etiladigan faoliyat turlarining ro‘yxatiga kiritish zarurati asoslantirilgan;
fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilishning namunaviy (oddiy) turdagi lisenziyalar berishni talab etuvchi faoliyat ekanligi ilmiy asoslangan, lisenziya talabgorining arizasiga binoan ruxsatnoma lisenziyalanayotgan faoliyat turining butun faoliyat turiga yoki uning bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkinligi isbotlangan;
faoliyatning lisenziyalanadigan ayrim turlariga, jumladan, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilishga nisbatan qonun hujjatlarida lisenziyaning besh yildan kam bo‘lmagan, cheklangan amal qilish muddati belgilanishi mumkinligi ilmiy asoslantirilgan;
zamonaviy yondashuv asosida fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning o‘q-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga o‘xshash bo‘lgan buyumlarni sertifikatlash «talabgori» tushunchasi, mohiyati va turlari ilmiy asoslangan, normativ-huquqiy hujjatlarda uni aks ettirish zarurati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ichki ishlar organlarining lisenziyalash faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilishni amalga oshirilishi uchun lisenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxatiga kiritishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 iyuldagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-551-son Qonunining 1-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2020 yil 2 sentyabrdagi 06/2-06-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi jamoat tartibi va xavfsizligi ta’minlanishi darajasini oshirishga xizmat qilgan;
fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilishni namunaviy (oddiy) turdagi lisenziyalar berishni talab etuvchi faoliyat turiga kiritish, lisenziya talabgorining arizasiga binoan ruxsatnoma lisenziyalanayotgan faoliyat turining butun faoliyat turiga yoki uning bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkinligini normativ-huquqiy hujjatlarda belgilashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 11 martdagi «Fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni lisenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 138-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 1-bobi  8-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi 12/20-10-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi qonun hujjatlarida fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilishning namunaviy (oddiy) turdagi lisenziyalar berishni talab etuvchi faoliyat sifatida belgilanib, bu boradagi lisenziya lisenziyalanayotgan butun faoliyat turiga yoki uning bir qismiga (qismlariga) nisbatan tatbiq etilishi mumkinligini mustahkamlashga xizmat qilgan;
faoliyatning lisenziyalanadigan ayrim turlariga, jumladan, fuqaroviy va xizmat qurolini hamda uning o‘q-dorilarini ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilishga nisbatan qonun hujjatlarida lisenziyaning besh yildan kam bo‘lmagan, cheklangan amal qilish muddati belgilanishi mumkinligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 3 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy munosabatlar va tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘RQ-494-son Qonunining 2-moddasi birinchi qismi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2020 yil 2 sentyabrdagi 06/2-06-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi ayrim faoliyat turlari uchun cheklangan muddatli lisenziya berish asoslarini qonunchilikda mustahkamlashga xizmat qilgan;
normativ-huquqiy hujjatlarda fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning o‘q-dorilarini, shuningdek, tuzilishi jihatdan qurolga o‘xshash bo‘lgan buyumlarni sertifikatlash «talabgori» tushunchasini aks ettirishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 28 iyuldagi «Fuqaroviy qurol va xizmat quroli sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida»gi 455-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning ikkinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi 12/20-10-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning inobatga olinishi fuqaroviy qurol va xizmat qurolini hamda ularning o‘q-dorilarini, tuzilishi jihatdan qurolga o‘xshash bo‘lgan buyumlarni sertifikatlash bilan bog‘liq ilmiy-nazariy tushunchalarning yagona shaklda qo‘llanilishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish