Ochildiev Otabek Shodievichning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):«Kungaboqar yig‘ishtirish uchun g‘alla kombayni jatkasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash»,05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.3.PhD/T479.
Ilmiy rahbar:Astanaqulov Komil Dullievich,texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Imomkulov Qutbiddin Boqijonovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim;Xudaykuliev Rajabboy Ruzmatovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarni sertifikatlash va sinash markazi
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi g‘alla kombayni jatkasini kungaboqarni yig‘ishtirishga moslashtirib takomillashtirish hamda uning parametrlari va ish rejimlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kungaboqarni yig‘ishtirish uchun g‘alla kombayniga tup yo‘naltirgich-ajratkichlar qo‘yish orqali takomillashtirilgan jatkaning konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
tup yo‘naltirgich-ajratkichlarning uzunligi kombayn harakat yo‘nalishi tomon egilgan kungaboqar savatchalarining qirqilgandan so‘ng tup yo‘naltirgich-ajratkich ustiga tushish shartidan asoslangan;
tup yo‘naltirgich-ajratkichlarning eni ularning kungaboqar poyalarini kombaynga qarama-qarshi egib ketmasligini, tup yo‘naltirgich-ajratkichlar orasidagi tirqish esa eng kichik savatchalar o‘lchami hamda o‘rish apparatining barmoqlari orasidagi masofani hisobga olgan holda aniqlangan;
takomillashtirilgan jatka motovilasidagi plankalar soni va aylanishlar chastotasi, plankalarning savatchadagi urug‘ni urib to‘kmaslik sharti asosida aniqlangan;
motoviloning o‘rish apparatiga nisbatan bo‘ylama joylashishi va o‘rnatilish balandligi poyalarning qirqilguncha motovilo ta’siridan chiqib ketmasligi va qirqilgan poyalarni aylanib, plankadan oshib ketmasligini hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Kungaboqar yig‘ishtirishga moslashtirilgan jatka parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
g‘alla kombayni jatkasini takomillashtirish va uning kungaboqarni yig‘ishtirishdagi ish sifat ko‘rsatkichlarini baholash uchun dastlabki talablar ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 19 dekabrdagi 02/023-4318-son ma’lumotnomasi). Natijada, kungaboqarni agrotexnik talablar darajasida yig‘ishtirishni ta’minlaydigan takomillashtirilgan jatkani ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
kungaboqar yig‘ishtirish uchun takomillashtirilgan jatka bilan jihozlangan g‘alla kombayni Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi fermer xo‘jaliklarida hamda O‘simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining O‘rtachirchiq tumanidagi “Moyli ekinlar” bo‘limida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 19 dekabrdagi 02/023-4318-son ma’lumotnomasi). Natijada,takomillashtirilgan jatka g‘alla kombaynining urug‘ nobudgarchiligini 2,6-2,8 foizga kamaytirish va ish unumini 1,56 gektar/soatgacha oshirish imkonini bergan;
kungaboqar yig‘ishtirishga moslashtirilgan g‘alla jatkasini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan («BMKB-Agromash» AJning 2019 yil 18 noyabrdagi 01-308-son ma’lumotnomasi). Natijada, g‘alla kombayni jatkasini kungaboqar yig‘ishtirishga moslashtirish uchun tup yo‘naltirgich-ajratkichlarni ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish