Olimov Lutfiddin Omanovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Polikristall kremniy donadorliklararo chegaralari: mikrotuzilmasi, zaryad holatlari va p–n – o‘tishlari», 01.04.10– Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: fizika-matematika fanlari nomzodi.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.FM165.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti va Samarkand davlat universiteti, 14.07.2016.FM/T.12.01.

Ilmiy maslahatchi: Aliev Raimjon Usmanovich, texnika fanlari doktori, professor.

Rasmiy opponentlar: Imamov Erkin Zunnunovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Dadamirzaev Muxammadjon G‘ulomqodirovich, fizika-matematika fanlari doktori; Ismaylov Qanatbek, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: polikristall kremniy va r–n – tuzilmalar elektrofizik va fotoelektrik xarakteristikalarining hajmiy nuqson va donadorliklararo chegara sohalaridagi lokallashgan kirishmali holatlariga bog‘liqlik qonuniyatlarini aniqlashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

donadorlik hajmida kirishmalarning notekis taqsimlanishi, xususan, har bir kirishmalar konsentratsiyasi donadorlik markazidan sirtga ortib borishi,  donadorliklararo chegara sohalarida mikrobo‘shliq va bo‘rtiqlardan iborat g‘adir-budir sirt hosil qilishi asoslangan;

ikki tutashgan donadorlik kengligi nanometrlarni tashkil qilishi ko‘rsatilgan bo‘lib, tuzoqlar ionlanish energiyasi hisobiga temperatura o‘zgarishi jarayonida lokallashgan tuzoqlar ionlanishi aniqlangan,  buning natijasida potensial to‘siq balandiligini ~0,3÷0,9 eV oraliqlarda o‘zgarishi va zaryad tashuvchilar konsentratsiyasining kamayishi ko‘rsatilgan;

donadorliklararo chegara elektrik xossalarini aniqlash imkonini beruvchi ikki tutashgan donadorlikning ko‘p qatlamli modeli va ekvivalent elektrik sxemasi ishlab chiqilgan;

donadorliklararo chegara sohalarida adsorbsiya va desorbsiya hodisalari aniqlangan;

chuqur sathli kirishmali holatlarda elektron-kovak juftliklari hosil bo‘lishi hisobiga bir jinsli va r-n – tuzilmali polikristall kremniy hamda r-n – tuzilmali monokristall kremniyda kirishmali issiqlik vol`taik va fotovol`taik effektlarining namoyon bo‘lishi qonuniyatlari aniqlangan;

donadorliklararo chegara sohadagi r–n – o‘tish modeli taklif etilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Polikristall kremniy donadorliklararo chegaralarida mikrotuzilma, zaryad holatlari va r-n – tuzilmali monokristall kremniyda kirishmali effektlarini tadqiq etish asosida:

elektron va kovak o‘tkazuvchanlik hosil qiluvchi kremniy kristallida legirlanuvchi kirishmalarni diffuziya jarayonini o‘tkazish bo‘yicha «Diffuzion qurilma»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (UZ IAP 04767, 23.09.2013 y.) olingan. Ishlab chiqilgan diffuzion qurilmaning qo‘llanilishi bir jarayonning o‘zida kremniy kristallida izotip va turli tiplar olish imkonini bergan;

quyosh nurlanishining issiqlik energiyasini elektr energiyaga o‘zgartirgich yaratish bo‘yicha «Energiya o‘zgartirgich»ga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti (UZ IAP 04815, 05.12.2013 y.) olingan. Mazkur ixtironing qo‘llanilishi an’anaviy o‘zgartirgichga nisbatan 10% katta tok olish imkonini bergan;

kirishmali issiqlik vol`taik va fotovol`taik effektlarning namoyon bo‘lish mexanizmlari va kukunli metallurgiya asosida ishlab chiqilgan polikristall kremniy olish texnologiyasi F3–FA–F158 «Kichik o‘lchamli notekis kiritmali organik va noorganik granullashgan yarimo‘tkazgichlar asosidagi sistemalarda energiya o‘zgartirish jarayonlari», OT–F2–002 «Polikristall, amorf va nanokristall stimullashgan nomuvozanatli zaryad ko‘chish jarayonlari» grant loyihasida polikristall kremniy donadorliklararo chegara sohasida kirishmalarning adsorbsiya va dessorbsiya hodisalari va r–n o‘tishlar olishning texnologik rejimlarini aniqlashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 10 oktyabrdagi FTK-03-13/677-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijaning qo‘llanishi organik va noorganik granullashgan yarimo‘tkazgichlar asosidagi sistemalarda energiya o‘zgartirish jarayonlari, polikristall, amorf va nanokristallarda zaryad ko‘chish jarayonlarini aniqlash imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish