Nurmuxamedov Abdufattax Maxkamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Vignerning spin-izospin SU(4)-simmetriyasi, uni buzuvchi omillar, simmetriyani bajarilish darajasi va og‘ir atom yadrolari sohasidagi tiklanishi”, 01.04.08–Atom yadrosi va elementar zarrachalar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika(fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2019.1.DSc/FM134.
Ilmiymaslahatchi: Muminov Tolib Musaevich,fizika-matematika fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasiakademigi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti,DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponentlar: Novikov Yuriy Nikolaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Usmanov Pazlitdin Nuritdinovich,fizika-matematikafanlari doktori, professor; Tursunov Ergash Maxkamovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fizika-texnika instituti “Fizika-Quyosh” ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi spin-izospin SU(4)-simmetriyani buzuvchi omillarning o‘rni va buzilishdagi ulushini, yadrolarda simmetriyaning buzilish darajasini aniqlash va spin-izospin simmetriyani og‘ir yadrolar sohasida tiklanishini isbotlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Vigner empirik funksiyalarini ma’lum yadro massalari asosida analitik ko‘rinishi aniqlangan hamda 1800 dan ortiq nuklidlar uchun spin-orbital ta’sirining yadro massasiga qo‘shgan ulushining eksperimental qiymatlari hisoblangan;
Vigner massa formulasidagi had yadrolardagi juftlik energiyasi ekanligi isbotlangan;
massa sonining keng o‘zgarish sohasida Franchini-Radikati omilini eksperimental qiymatlari aniq hisoblab topilgan hamda izospin proeksiyasi va Vigner yadro turiga bog‘liq Franchini-Radikati omili uchun aniq nazariy formula topilgan;
har bir yadroda Vigner spin-izospin simmetriyasi bajarilish darajasi aniqlangan;
Franchini-Radikati omil-mezonining eksperimental va nazariy qiymatlari asosida matematik statistika usullarini qo‘llash orqali Vigner spin-izospin simmetriyasini toq massa sonli va izospini bo‘lgan nuklidlarda tiklanishi ishonchliligi 99% dan katta extimol bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Vigner atom yadrolaridagi spin-izospin SU(4)-simmetriyasi kabi fizik hodisani tadqiqoti va og‘ir yadrolar sohasida simmetriya tiklanishi bilan bog‘liq olingan natijalar asosida:
yadro massalari eksperimental qiymatlariga asoslanib Vigner empirik funksiyalari analitik tasvirlashda olingan natijalar, Vigner massa formulasida juftlashish energiyasi mavjudligi, Franchini-Radikati omilini to‘g‘ri hisoblangan eksperimental qiymatlari va uni olingan aniq nazariy formula kabi natijalar PITRAP loyihasida foydalanilgan (Peterburg yadro fizikasi institutining (Rossiya) 2019 yil 15 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi yuqori aniqlik bilan massa sathi manzarasini tiklashga, qaysiki bu ma’lumotlar yulduzlarni portlashida ro‘y beruvchi tezkor neytron yutilishi jarayonlari yo‘llarini aniq astrofizik baholash imkonini bergan;
Franchini-Radikati omilining hisoblab topilgan eksperimental qiymatlarini Styu`dentning t-mezoni yordamida statistik tahlil qilish orqali og‘ir yadrolar sohasida spin-izospin SU(4)-simmetriya tiklanishi haqidagi xulosa (xalqaro ilmiy jurnallardagi havolalar: Journal of Experimental and Theoretical Physics Letters, 2015; Physics of Atomic Nuclei, 2015; EPJ Web of Conferences,107, 06004, 2016; Physics of Atomic Nuclei, 2020) atom yadrosida Vigner simmetriyasini tiklanish muammolarini nazariy jihatdan ishlab chiqilishida va yangi o‘ta og‘ir yadrolar al`fa-emirilish energiyasini aniqlashda chet ellik olimlar tomonidan foydalanilgan.Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi zaryad ayirboshlash rezonanslari nazariyasini, og‘ir atom yadrolari sohasida Vigner spin-izospin SU(4)-simmetriyasini tiklanishini asoslab beruvchi nazariyani va yangi ochilgan o‘ta og‘ir yadrolarni α-emirilish energiyasini muvofiqlashtirilgan hisoblarini amalga oshirish imkonini bergan.