Yuldoshev Isroil Abrievichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kristalli kremniy fotoelektrik batareyalari asosida biriktirilgan energetik qurilmalar», 05.05.06– Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /LA № 0001273/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/ V.2014.3-4T.252.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Fizika texnika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti va Samarqand davlat universiteti, 14.07.2016.FM/T.12.01.

Ilmiy maslahatchi: Tursunov Muxamad Nishanovich, texnika fanlari doktori.

Rasmiy opponentlar: Muxammadiev Murodulla, texnika fanlari doktori, professor; Xayriddinov Botir Egamberdievich, texnika fanlari doktori, professor; Abduqodirov Muxiddin Abdurashidovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: to‘g‘ri va akslantirilgan quyosh nurlanishi uchun optimal parametrlarga ega bo‘lgan issiq iqlim sharoitlariga mo‘ljallangan fotoelektrik batareya asosida biriktirilgan energetik qurilmalarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

fotoelektrik batareyani Quyoshga nisbatan operativ ravishda orientatsiya qilishning interfeys usuli taklif qilingan;

issiq iqlim sharoitlariga moslashtirilgan qo‘shimcha quyosh elementlari bilan ta’minlangan fotoelektrik batareya konstruksiyasi ishlab chiqilgan;

fotoelektrik batareyaning harorat dinamikasi o‘zgarishini aniqlashga imkon beruvchi Solid Works Flow Simulation dasturida fotoissiqlik qurilmasining issiqlik modeli ishlab chiqilgan va fotoissiqlik batareyasi haroratiga suv oqimi tezligi ta’siri baholangan, fotoissiqlik batareyasining ish harorat rejimining barqarorligini ta’minlovchi sovituvchi trubkalar uchun materiallar turi va ularning metall-list asosidagi (issiqlik yutuvchi material) absorberning konstruksiya elementiga bog‘liqligi aniqlangan;

ilk bor eksperimental fotoelektrik batareya o‘lchamlariga mutanosib akslantiruvchi reflektorlarning qo‘llanilishi quyosh nurlanishi oqim zichligini 1,6 marta va mos ravishda quyosh elementlari quvvatini 18% ga, termobatareyada esa 47% ortishiga olib kelgan. Termoelektrik batareyalarning qo‘llanilishi hisobiga quyosh elementining harorati pasayishi natijasida quyosh elementlarining samaradorligi 2% ga ortishi aniqlangan;

yuzasi toza va changlangan fotoelektrik batareyada foydali ish koeffisienti nisbiy o‘zgarishini aniqlashga imkon beruvchi fotoelektrik batareya yuzasining changlanish darajasini aniqlash usuli taklif etilgan;

boshqariladigan sovitish moslamasiga ega fotoelektrik qurilma ishlab chiqilgan, ikkita aynan o‘xshash fotoelektrik batareyaning ekspluatatsion xarakteristikalariga majburiy havo sovitishning ta’siri o‘rganilgan hamda sovituvchi havo oqimi tezligining fotoelektrik batareya quvvatiga chiziqli bog‘liqligi aniqlangan;

fotoissiqlik batareyasi elektrik quvvatini 38% ga o‘zgartiruvchi polimer trubkalar asosida sovitish moslamasiga ega fotoissiqlik qurilmasining yangi varianti ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 22 avgustdagi PF-4556-son Farmoni bilan «Kremniyli fotoaylantirgichlar asosidagi quyosh nurlanishini bevosita elektr energiyaga aylantiruvchi hozirgi zamon tizimlari ishlanmasini yaratish va ularni ishlab chiqish» amaliy tadqiqoti uchun  fan va texnika sohasidagi Davlat mukofoti  bilan taqdirlangan. Ilmiy natijaning amaliyotga joriy qilinishi issiq iqlim sharoitiga moslashtirilgan qo‘shimcha quyosh elementlari bilan ta’minlangan fotoelektrik batareya konstruksiyasi va fotoissiqlik batareyasi elektrik quvvatini 38% ga oshiruvchi polimer trubkalar asosida sovitish moslamasiga ega fotoissiqlik qurilmasining yangi varianti ishlab chiqilgan bo‘lib, kuniga 1,5 kVt quvvatli elektr energiyasi va 150 litr suvni isitib berish hisobiga yoqilg‘i resurslarini tejash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish