Fayzullaev Normurot Ibodullaevichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Metandan olingan mahsulotlarning texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /kimyo fanlari nomzodi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.06.2015/B2015.2.T478.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, 14.07.2016.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Mahsumov Abduhamid G‘ofurovich, kimyo fanlari doktori, professor; Ikromov Abduvahob, texnika fanlari doktori, professor; Akbarov Hamdam Ikramovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: metanni qayta ishlash uchun yuqori unumdorligi va kokslanishni kamaytiradigan barqaror katalizatorlarning tarkibini va olish texnologiyasini yaratish hamda jarayonlarning texnologik parametrlarini va reaktorlarini modellashtirish hamda optimallashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
differensial reaktor sharoitida yaratilgan katalizatorlar ishtirokida reaksiyalarning kinetik qonuniyatlari va jarayonlar borishining maqbul sharoiti aniqlangan hamda reaksiyalarning borish mexanizmlari taklif etilgan va jarayonlarni ifodalaydigan kinetik tenglamalar tanlanib, ularning adekvatligi asoslangan;
metanni katalitik oksikondensatlash, aromatlash, atsetilenni gidratlash, gidroxlorlash, atsetillash reaksiyalarining borishi termodinamik jihatdan asoslangan;
metanni qayta ishlash jarayonlarining termodinamik asoslari yaratilgan hamda kinetik va issiqlik balans nochiziqli tenglamalari asosida katalizatorning zich qatlamida qurilmaning texnologik parametrlari optimallashtirilgan;
tashqi diffuziya rejimida ishlovchi bir pog‘onali adiabatik qurilmada metanni katalitik oksikondensatlash jarayoni texnologiyasi ishlab chiqilgan;
metandan S2- va aromatik uglevodorodlar hamda atsetilendan vinilxlorid, atseton va vinilatsetat sintezi unumini oshirishga imkon beruvchi sharoitlar, yuqori tanlab ta’sir etuvchi va ishlash muddati yuqori bo‘lgan katalizatorlar tarkibi aniqlangan va olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
etilen, suyuq yoqilg‘i, atseton, vinilxlorid va vinilatsetat sintezi texno-logik parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Metanni katalitik oksikondensatlab etilen, metanni aromatlab suyuq yoqilg‘i, atsetilenni katalitik gidroxlorlab vinilxlorid va xloropren, gidratlab atseton, atsetillab vinilatsetat sintezi uchun katalizatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
metanni katalitik oksikondensatlash va aromatlash hamda atsetilenni gidroxlorlash, gidratlash, atsetillash reaksiyalari uchun yangi tarkibdagi yuqori unumdorlik va selektivlikka ega bo‘lgan katalizatorlarning texnikaviy shartlari Davlat reestriga kiritilgan (Ts-16909155-02:2013; Ts-16909155-03:2013; Ts-16909155-04:2013; Ts-16909155-05:2013). Ilmiy natijalar mahsulotlarning sifatini va texnologik jarayonni nazorat qilishga imkon beradi;
metanni katalitik oksikondensatlab etilen, metanni aromatlab suyuq yoqilg‘i, atsetilenni katalitik gidroxlorlab vinilxlorid va xloropren, gidratlab atseton, atsetillab vinilatsetat sintezi uchun tanlangan katalizatorlar «Navoiyazot» AJda ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2016 yil 1 noyabrdagi 01/3-3528-son ma’lumotnomasi). Iqtisodiy samara xorijdan olib kelinayotgan katalizatorlarni mahalliylashtirish, yangi moddalar olish va texnologik jarayonlarni optimallashtirish imkonini berdi.