Xudjaev Muxiddin Kushshaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gidroprivodlar suyuqlik harakatlanish sohalaridagi va oqimidagi o‘ziga xosliklar bilan suyuqlik harakatini modellashtirish”, 05.02.02–Mexanizmlar va mashinalar nazariyasi. Mashinashunoslik va mashina detallari(texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/T371.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Kamolxon Abbosovich,texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasanomi:Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.04.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Kongrotbay Avazimbetovich,texnika fanlari doktori, professor; Arifjanov Aybek Muxamedjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Alimuxamedov Shavkat Pirmuxamedovich texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gidroprivodlarni konstruksiyalash va mukammallashtirishda energotejamkorlik nuqtai nazaridan gidravlik suyuqlik gidrodinamikasining nazariy asoslarini rivojlantirish va energiya tejashga olib keluvchi texnologiya va qurilmani asoslab berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suyuqlik oqadigan kanalning silindrsimon quvuridagi segmentli uchastka konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
segment sohasidagi suyuqlik bosimini aniqlashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
parabolik kirish, o‘rta silindrsimon va giperbolik chiqish qismlaridan iborat segmentli qismlari ishlab chiqilgan;
egilish va qisilish nuqtalarining xamda isitish va sug‘orish tizimlari quvurlari kanallarida segmentli uchastkalarini o‘rnatish parametrlari ishlab chiqilgan;
qishloq xo‘jaligi texnikasining gidravlik privodlarida segmentli uchastkali o‘tkazgich konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
gidravlik suyuqlikning past va yuqori tezlikda real fizik jarayonlarini hisobga olgan holda gidravlik privodlar kanallaridagi gidrodinamik jarayonlarning matematik modeli yaratilgan;
gidravlik suyuqlik oqimidagi molekulalarningqatlamlararo yakka va guruhli almashuvining reologik qonuni asosida gidravlik privodlarning silindrsimon kanallarida gidravlik suyuqlik harakatining nostatsionar  masalasi uchun analitik echim olingan;
suyuqlik oqimidagi impul`sning molekulyar va molyar almashuvini hisobga olgan holda uzun quvurli gidravlik privodlarning tekis parallel va silindrik kanallarida gidrodinamik parametrlarni aniqlashning statsionar masalalari uchun analitik echimlar olingan;
gidravlik privodning tekis-parallel va silindrik kanallarida gidravlik suyuqlikning pul`satsiyali harakati uchun analitik echimlar olingan;
istiqbolli gidravlik privodlarda bosim hosil qilish usuli sifatida suyuqlikdagi elektr razryadi hodisasi dinamikasining matematik modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Gidravlik privodlarda va boshqa suyuqlik oqadigan qurilmalarda turli xil ko‘ndalang kesimga ega va har xil segmentlardan iborat qurilma orqali harakatlanadigan oqimni modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
suyuqlik oqadigan kanalning silindrsimon quvuridagi segmentli uchastka konstruksiyasiO‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Jondor davlat o‘rmon xo‘jaligida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2020 yil 29 avgustdagi 05/21-2346-son ma’lumotnomasi). Natijada, suyuqlik tezligini 18-20% ga oshirish imkoni yaratilgan;
segment sohasidagi suyuqlik bosimini aniqlashning matematik modeli O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Jondor davlat o‘rmon xo‘jaligida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2020 yil 29 avgustdagi 05/21-2346-son ma’lumotnomasi). Natijada, suyuqlik oqimining gidrodinamik xususiyatlarini aniqlash uchun olingan umumlashtirilgan qonuniyatlarni tadbiq etish natijasida bosim qiymatini aniqlash aniqligi 10-12% ga oshgan;
parabolik kirish, o‘rta silindrsimon va giperbolik chiqish qismlaridan iborat segmentli qismi O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Jondor davlat o‘rmon xo‘jaligida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2020 yil 29 avgustdagi 05/21-2346-son ma’lumotnomasi). Natijada, xizmat muddati 1,2-1,3 baravarga oshgan;
egilish va qisilish nuqtalarining hamda isitish va sug‘orish tizimlari kanallarida segmentli uchastkalarini o‘rnatish joylarini aniqlash O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Jondor davlat o‘rmon xo‘jaligida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2020 yil 29 avgustdagi 05/21-2346-son ma’lumotnomasi). Natijada, suyuqliklarni uzoqqa etkazib berish masofasi 1,5-1,6 martaga oshgan;
qishloq xo‘jaligi texnikasining gidravlik privodlarida segmentli uchastkali o‘tkazgich konstruksiyasi O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining Jondor davlat o‘rmon xo‘jaligida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2020 yil 29 avgustdagi 05/21-2346-son ma’lumotnomasi). Natijada, uzatiladigan yuklamalarni uzatish vaqti 1,2-1,3 baravarga kamaygan hamda issiqxonalarni isitish uchun sarflanadigan umumiy xarajatlari qisqarishi hisobiga rentabellik 10-12% ga oshirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish