Nurqulov Fayzulla Nurmuminovichning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tarkibida fosfor-, oltingugurt-, xlor tutgan oligomerlarni mahalliy xomashyolardan olish texnologiyasi», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /Guvohnoma LA №0000548/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 28.04.2016/B2016.2.T659.

Ilmiy maslahatchi: Djalilov Abdulaxat Turapovich, kimyo fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, 14.07.2016.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Maxsumova Oyto‘ra Siddiqovna, kimyo fanlari doktori, professor; Qodirov Tulqin Jumaevich, texnika fanlari doktori, professor; Amonov Muxtor Raxmatovich, texnika fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: fosfor-, oltingugurt-, xlor tutgan birikmalar asosidagi yangi oligomerlarni, kompozision polimer materiallar olishda qo‘llash va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

mahalliy xomashyolar asosida fosfor-, oltingugurt-, xlor tutgan oligomerlar olingan;

oltingugurt tutgan polisul`fid kauchuklari, fosfor-, oltingugurt saqlovchi oligomer antipirenlari va oltingugurt-, xlor tutgan xlorsul`fatlangan polietilenlarni fizik-kimyoviy xossalari  aniqlangan;

sintez qilingan birikmalarning xossalari va tuzilishi aniqlangan;

fosfor-, oltingugurt-, xlor tutgan oligomerlar uchun modifikatorlar sintezi, ularning modifikatsiyasi va mexanik xossalarga ta’siri asoslangan;

fosfor-, oltingugurt-, xlor tutgan oligomerlarning fizik-mexanik, germetik, olovbardoshlik va antikorrozion xossalari hamda ushbu oligomerlarning qo‘llanilishidagi texnik-iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Oligomer tarkibli antipirenlar, germetiklar va antikorrozion qoplamalarini sintez qilib olish texnologiyasi va qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

oligomer antipirenlarni olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP05216, 2016). Mazkur ixtiroga patent yuqori samaraga ega bo‘lgan oligomer antipiren olish imkonini beradi;

ishlab chiqilgan oligomerlar antipiren, germetik va antikorrozion qoplamalari «O‘zkimyosanoat» AJ korxonalarida qurilish materiallarini barqarorligini oshirishda va metall sistemalarida korroziyaga qarshi joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2016 yil 28 iyuldagi 05-2862/M-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar bino va inshootlarning, konstruksiyalar uchun qoplamalar, yong‘indan saqlovchi oligomerlar importini qisqartiradi va gaz quvurlarini antikorrozion qoplamalar yordamida ishlash davrini 12% ga uzaytiradi. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish