Teshabaeva Elmira Ubaydullaevnaning

doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyolar asosida elastomer kompozisiyalarni yaratish va ularni olish texnologiyasi», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /kimyo fanlari nomzodi/.

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 31.03.2016./B2016.1.T567.

Ilmiy maslahatchi: Ibodullaev Axmadjon, texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, 14.07.2016.T.08.01.

Rasmiy opponentlar: Sayfutdinov Ramziddin Sayfutdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Muxiddinov Baxodir Faxriddinovich, kimyo fanlari doktori, professor; Sobirov Baxodir Boypulatovich texnika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: «O‘zkimyosanoat» AJ qoshidagi «Kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti» DUK.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: bentonitni modifikatsiya qilish, uni qo‘llash asosida har xil sharoitlarda ishlatiluvchi rezina-texnika buyumlari olish tarkibi va texnologiyasini yaratishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

oldindan qo‘yilgan xossa va tuzilishga ega bo‘lgan to‘ldirilgan kompozision elastomer materiallar va ular asosida har xil sharoitlarda ishlatiluvchi rezina-texnika buyumlari olish uchun O‘zbekiston bentonitini modifikatsiya qilish usullari ishlab chiqilgan;

bentonitni termik ishlov berish jarayonida fizik-kimyoviy xossalari va strukturasi o‘zgarib, erkin radikallar hosil bo‘lishi aniqlangan;

termik ishlov berilgan va kimyoviy modifikatsiya qilingan bentonit va kauchuk  struktura tuzilishlari orasidagi o‘zaro bog‘lanish sharoitlari aniqlangan;

maxsus xossalarga ega bo‘lgan rezina qorishmasi tayyorlash jarayoni va ular asosida rezina-texnika buyumlari tuzilishini shakllantirishda kimyoviy modifikatsiya qilingan bentonit zarrachalari yuzasidagi aligomer qatlam ahamiyati aniqlangan;

umumiy va maxsus kauchuklar asosida olingan kompozision elastomer materiallar plasto-elastiklik, reologik, texnologik, fizik-mexanik, dinamik va ekspluatatsion xossalariga modifikatsiya qilingan bentonit ta’siri aniqlangan;

O‘zbekiston bentonitini modifikatsiya qilish, uni qo‘llash asosida kompozision elastomer materiallar va har xil sharoitda ishlatiluvchi rezina-texnika buyumlari olish texnologiyalari yaratilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

O‘zbekiston bentoniti modifikatsiya qilish texnologiyasi, modifikatsiya qilingan bentonitni qo‘llash natijasida olingan kompozision elastomer materiallar va ular asosidagi har xil sharoitlarda ishlatiluvchi rezina-texnika buyumlari olish tarkibi va texnologiyalari «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati korxonalarida amaliyotga joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2016 yil 4 noyabrdagi 05-3584/M-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natija joriy qilinishi bentonitni quritish, termik ishlov berish va modifikatsiya qilish texnologiyasi joriy qilishga, quritilgan bentonit asosida umumiy sharoitlarda ishlatiluvchi, termik ishlov berilgan bentonit asosida o‘rtacha mustahkamlikka ega bo‘lgan va modifikatsiya qilingan bentonit asosida yuqori mustahkamlikka va maxsus xossalarga ega bo‘lgan rezina-texnika buyumlari olishda ishlatilishi va xorijdan olib keltiriluvchi kaolin, BS-50 va BS-75 to‘ldirgichlarini almashtirishga, yaratilgan to‘ldirgichlar asosida elastomer kompozisiya va ular asosida rezina-texnika buyumlari olish texnologik jarayonini yaratishga imkon beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish