Raxmonov Farxod Normuratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining muzlashi oqibatidagi zararni tadqiq etish (O‘zbekiston respublikasi Navoiy viloyati misolida)”, 05.05.01 – Energetika tizimlari va majmualari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1322.
Ilmiy rahbar: Qarshibaev Asqar Ilashevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Kudratillaev Axmatilla Samatillaevich, texnika fanlari nomzodi, professor; Gayibov Tulkin Shernazarovich, texnika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining muzlashi oqitabida kelib chiqadigan zararni tadqiq etish va uni bartaraf etish bo‘yicha usullarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarida muzli holatlarning rivojlanish jarayonlarini modellashtirish usuli asosida bashorat qilish uchun analitik ifoda ishlab chiqilgan;
yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarida qor va muz qoplamalarining hosil bo‘lish jarayonlarini aniqlashning matematik modeli yuqori chastotali signal parametrlari asosida takomillashtirilgan; 
elektr uzatish liniyalari ekspluatatsiyasining samaradorligiga muzlash oqibatida etkaziladigan zararning ta’sirini aniqlash usuli ishlab chiqilgan;
yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalaridagi simlarning yopishqoqlik xususiyatlarini kamaytiruvchi supergidrofob qoplama ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniya simlarining muzlashi natijasida kelib chiqadigan zararlar hamda muzlash jarayonlarini bartaraf etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining muzlash holatlarini bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar Markaziy kon boshqarmasining stansiya va podstansiya sexida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining 2020 yil 27 fevraldagi 02-07-04/2624-son ma’lumotnomasi). Natijada, Zarafshon-Bessopan liniyasi uchun sarflanadigan mablag‘larni bir yilda 173 mln. so‘m tejash imkonini bergan;
yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniya simlarining yopishqoqlik xususiyatlarini supergidrofobik qoplamalar yordamida kamaytirish usuli Markaziy kon boshqarmasining stansiya va podstansiya sexida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining 2020 yil 27 fevraldagi 02-07-04/2624-son ma’lumotnomasi). Natijada, qishki mavsumlarda elektr uzatish liniya simlarining muz massasini 80% ga kamaytirish imkonini bergan;
elektr uzatish liniya simlarining yopishqoqlik xususiyatlarini kamaytiruvchi qoplama tarkibi Markaziy kon boshqarmasining stansiya va podstansiya sexida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» davlat korxonasining 2020 yil 27 fevraldagi 02-07-04/2624-son ma’lumotnomasi). Natijada, bir kilogram qoplama uchun sarflanadigan mablag‘larni 9% ga tejash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish