Nujdov Georgiy Sergeevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Superionli triftoridlarda fazaviy o‘tish sohasidagi ichki harakat dinamik parametrlari”, 01.04.03 – Molekulyar fizika va issiqlik fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/FM104.
Ilmiy maslahatchi: Mirzaev Sirojiddin Zaynievich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.FM.65.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Oksengendler Boris Leonidovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Mamatkulov Shavkat Isroilovich, fizika-matematika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ichki harakatning energetik parametrlarini kvant-kimyoviy hisoblash va diffuzion fazaviy o‘tishga ega LnF3 nodir er elementlarining triftoridlarida “kvazisuyuq” superion holatni shakllanish jarayonini modellashtirish orqali tavsiflashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tarkibida 1200 ion va o‘lchamlari 3,5×2,0×2,2 nm bo‘lgan LaF3 SI kristallning struktuarasi kristallar strukturasi va xossalarini o‘rganish uchun mo‘ljallangan yarimempirik usul (RM7) yordamida ionlarni tartibsiz joylashgan LaF3 kristalida SI holati modeli ishlab chiqilgan;
SI va DE fazalarida LaF3 kristalli panjarasida alohida turli ftor (F1, F2, va F3 ionlar) ionlar faollashish harakati Em energiyasi va tartibsizlashtirilgan anion panjara osti Ea energiyasi qiymatlari yarimempirik usulda MORAS-16 dasturiy paketidan foydalangan holda aniqlangan hamda yorug‘lik sochilishi bo‘yicha olingan tajriba natijalariga mos keluvchi energiya qiymatlari aniqlangan;
ilk bor ftor F1 va F2, F3 ftor ionlarining panjara tugunlaridan tugunlar orasiga DE va SI fazalari yo‘nalishlarida LaF3 kristall rel`ef potensiali profili mikroskopik (atomar) model asosida aniqlangan;
ilk bor DE va SI fazalarida ftor ionlarining faollashish harakati Em energiyasi va qayta taqsimlanish Ea energiyalari qiymatlariga LaF3 kristalli namunasi sirt turlarini ta’siri qonuniyatlari olingan;
ilk bor LaF3 kristall namunasi o‘lchamlarining qayta taqsimlanish energiyasi va ftor ionlari tebranish energiyalariga ta’siri kvant-mexanik hisoblashlar yordamida o‘rnatilgan.
tarkibidagi ionlari soni ≈650 ta va undan ko‘p bo‘lgan LaF3 nanoklasteri va hajmiy (makro) kristall uchun olingan qayta taqsimlanish va faollashish energiyalari bir xil qiymatlarga ega ekanligi ko‘rsatilgan;
ilk bor paralel dipol momentlari bilan vakant- tugunlar orasida joylashgan anion tipli ftor ionlaridan tashkil topgan ko‘plab defekt-dipollariga ega “bir yo‘nalishli” qayta taqsimlangan nanopanjara tasodifan qayta taqsimlangan sturkturali nanopanjaralar energetik jihatdan (1.5-2 marta) foydali ekanligi kvant-mexanik hisoblashlar yordamida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Superion triftoridlarining fazaviy o‘tish sohasidagi ichki harakatining dinamik parametrlarini o‘rganish natijalari asosida:
kristall namunasi o‘lchamlarining energetik parametrlar qiymatiga ta’sirini hisoblashda olingan ilmiy natijalar, shuningdek sirt effektining ion o‘tkazuvchanlikka ta’siri, “Belgilangan xususiyatlarga ega bo‘lgan optik qoplamalar yaratish uchun Katta Quyosh pechida nanokompozitli materiallar olish texnologiyasini ishlab chiqish” № A14-F024 loyihasi doirasida quyosh elementlari uchun antiqaytaruvchi qoplamalar yaratish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 6 iyuldagi 2/1255-1399-son ma’lumotnomasi). Natijada, plastik taglik uchun yoritish darajasini 4,7% ga va shisha taglik uchun 2,2% ga oshirishga, shuningdek kompozit materiallar asosida kompozisiyali yoritish materiallarida quyosh elementlarining FIK ni oshirishga imkon bergan;
kristall namunasi o‘lchamlarining energetik parametrlar qiymatiga ta’sirini hisoblash uchun model yondashuvda olingan ilmiy natijalar, shuningdek sirt effektlarining nodir er elementlari ionlari ko‘chishining energetik paramatrlari qiymatiga ta’siri, “Kichiklashtirilgan o‘lchamli NEE ning tartibsiz oksidlarida, nuqson tuzilishi, uyg‘otilgan holatlar va UB-IQ diapazonining nurlanish konversiyasi” 3.1485.2017/4.6 loyihasi doirasida Gd2O3, Er2O3 i Yb2O3 qattiq jism matrisalarida bu parametrlarni o‘rnatish uchun foydalanilgan (Ural federal universitetining 2020 yil 19 martdagi 33.05-32/28-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi model yondashuvdan superion holatni shakllanishini tushuntirishda foydalanish, nodir er elementlarining oksidlari asosida kichik o‘lchamli tizimlarni sintezining eng maqbul rejimini o‘rnatishga imkon bergan.