Raximova Latofat Sobirjonovnaning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Polikondensatsion tipdagi termo-, kimyo-, radiatsiyaga chidamli ion almashgich polimerlar olishning ilmiy tamoyillarini ishlab chiqish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /katta ilmiy xodim-izlanuvchi/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.3-4.T27.
Ilmiy maslahatchi: Turobjonov Sadriddin Maxamaddinovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, 14.07.2016.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Magrupov Farxod Asadullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Yunusov Miraxmat Pulatovich, texnika fanlari doktori, professor; Muxamediev Muxtar Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: termo-kimyo-radiatsion barqaror polikondensatsion turdagi ion almashinuvchi polimerlar olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
difenilamin va furfurolni polikondensatsiyalash yo‘li bilan og‘ir metall ionlariga kompleks hosil qiluvchi xossali termo-kimyoviy barqaror kuchsiz asosli anionit olish usuli ishlab chiqilgan;
ionogen gruppalarni kiritish uchun difeniloksidni furfurol bilan polikondensatsiyalab, yangi polimer matrisasi yaratilgan;
difeniloksid va furfurolni polikondensatsiya reaksiyasini boshlang‘ich monomerlar, katalizator tabiati va konsentratsiyasi, reaksiya temperaturasi va boshqalarga bog‘liqligi aniqlangan;
olingan polimerni sul`firlash va fosforillash reaksiyalarini texnologik jarayoni ishlab chiqilgan;
sul`foko‘mir bilan olingan sul`fokationitni natriy, kal`siy, magniy ionlariga nisbatan sorbsion xossalari, ishchi intervali, mexanik mustahkamligi aniqlangan;
fosforli kationit tarkibida mis ionlari tutgan oqova suvlardan mis ionlarini dinamik sharoitda sorbsiyalash, kationitning regeneratsiya texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Sanoat suvlarini tozalash va deminerallash uchun olingan ion almashinuvchi polimerlar, ularni sintez qilib olish texnologiyasi va qo‘llanilishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
fufurol va difeniloksid asosida olingan sul`fokationitning tashkilot standarti Ts14825224-02:2016 ishlab chiqilgan. Mazkur standartning tasdiqlanishi sul`fokationitni ishlab chiqarishning me’yoriy asosini takomillashtirish imkonini beradi;
furfurol va difeniloksid asosida sintez qilingan yangi fosforli nordon kationitni olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP05133, 2015). Mazkur usul yuqori radiatsion barqarorlikka ega bo‘lgan kationit olish imkonini beradi;
sintez qilib olingan ion almashinuvchi polimerlar «O‘zkimyosanoat» AJ korxonalarida oqova suvlarni tozalash va suvni tayyorlash jarayonlarida yumshatish uchun joriy etilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2016 yil 1 noyabrdagi 01/3-3527/I-son ma’lumotnomasi). Olingan sul`fokationit ishlab chiqarish sharoitida artezian suvini yumshatish jarayonlarida qo‘llanganda suvni qattiqligi 1,1 mg-ekv/l gacha kamaytirilishiga erishildi, sanoat aylanma suvlarini tozalashda esa, tozalash chegarasi GOST talablariga javob berdi. Olingan fosforli nordon kationit oqova suv tarkibidagi mis ionlarini sorbsiyalashda qo‘llashga tavsiya etish imkonini berdi.