Sharipova Mavlyuda Boymurotovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Navoiy badiiy asarlaridagi literonimlarining leksik-semantik va lingvopoetik tadqiqi», 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Fil696.
Ilmiy rahbar: Sayidov Yoqub Siddiqovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti. PhD.03/27.02.2020.Fil.72.09.
Rasmiy opponentlar: Raupova Laylo Raximovna, filologiya fanlari doktori, professor; Jabborov Xo‘jamurod, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi literonimlarni alohida guruh sifatida ajratish, ularning poetik xususiyatlarini ochib berish, Alisher Navoiy she’riyatidagi literonimlarning leksik-semantik va lingvopoetik xususiyatlarini aniqlash, badiiy-estetik vazifalarini asoslash, shoirning ulardan foydalanishdagi mahoratini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek-arab literonimlarining o‘zbek tilida alohida leksik-semantik ma’no guruhlari, ularning qo‘llanilish darajasi hamda lingvopoetik xususiyatlari asoslanilgan;
harf nomlarining mumtoz adabiyotda ma’naviy san’atlar tizimida muhim o‘ringa egaligi, badiiy-estetik hamda vazifaviy-mazmuniy xususiyatlari poetik asarlardagi misollar asosida dalillangan;
Alisher Navoiy badiiy asarlaridagi literonimlarning so‘z yasash imkoniyati darajasi, shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra ko‘p ma’nolilik, ma’nodoshlilik va zid ma’nolilik belgilari faktik materiallar bilan isbotlangan;
o‘zbek-arab literonimik birliklarning metaforik, sinekdoxik, metonimik xususiyatlari, lirik asarlar tilida majoziy ma’noda qo‘llanilganligi lingvopoetik tahlillar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Navoiy badiiy asarlaridagi literonimlarning leksik-semantik va lingvopoetik jihatlarini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek mumtoz adabiyotida literonimlarning metaforik, sinekdoxik, metonimik xususiyatlari, ularning lirik asarlar tilida majoziy ma’noda qo‘llanilish jihatlarini yoritish kabi xulosalardan F-1-06-raqamli «Istiqlol davri o‘zbek adabiyotida Sharqu G‘arb adabiy an’analari sintezi» nomli fundamental loyihada (2012-2016) foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 yanvardagi 89-03-58-son ma’lumotnomasi). Natijada literonimlarning lug‘aviy-badiiy tabiati hamda badiiy san’atlar tizimidagi o‘rni, literonimning ko‘chma ma’nolari va unga doir izohtalab so‘zlar mohiyatini asoslash bo‘yicha xulosalar chiqarishga erishilgan;
milliy uyg‘onish davri adabiyotida harf nomlarining ma’naviy san’atlar tizimida muhim o‘ringa egaligi, badiiy-estetik hamda vazifaviy-mazmuniy xususiyatlari, poetik asarlardagi lisoniy-badiiy, estetik va vazifaviy-mazmuniy xususiyatlarini ochib berishga oid xulosalardan OT-F3-090 «Jadid adabiyoti – jahon ilg‘or adabiyotining sintezi sifatida» nomli fundamental loyihada (2007-2011) foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 25 fevraldagi 89-03-811-son ma’lumotnomasi). Natijada harf nomlarining mumtoz adabiyotda ma’naviy san’atlar tizimida muhim o‘ringa egaligi, badiiy-estetik hamda vazifaviy-mazmuniy xususiyatlari poetik asarlardagi badiiy san’atning voqelanishi bilan bog‘liqligi asoslangan;
o‘zbek-arab literonimlarining o‘zbek tilida alohida lug‘aviy ma’no guruhlarini ajratishga oid xulosalardan Mir Arab oliy madrasasining yuqori kurs talabalariga «Tasavvuf» va «Tasavvuf atamalari» kabi darslarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2020 yil 14 yanvardagi 209-sonli dalolatnomasi). Natijada o‘quv dasturlarining mazmuni va sifatini mukammallashtirishga hamda mavzular ko‘lamining boyishiga, shuningdek, literonimlarning leksik-semantik ma’no guruhlarini aniqlashga erishilgan;
badiiy asarlari tilining leksik-semantik va lingvopoetik tahlillari asosidagi xulosalardan 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan «O‘zbek adabiy tili tarixi» (muallif Yo.Saidov) nomli o‘quv qo‘llanmaning «Alisher Navoiy asarlari tilida leksik va grammatik me’yorlar», «Muhokamatul-lug‘atayn» asarining o‘zbek adabiy tili taraqqiyotida tutgan o‘rni» kabi mavzularini yoritishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 12 avgustdagi 89-03-2783-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy she’riyatidagi harfiy san’atlarni tavsif va tasnif etish, lug‘aviy-badiiy jihatlarini tadqiq etish, leksik-semantik xususiyatlarini ochib berishga xizmat qilgan;
Alisher Navoiy badiiy asarlaridagi literonimlarning so‘z yasash imkoniyati darajasi, shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra ko‘p ma’nolilik, ma’nodoshlilik va zid ma’nolilik belgilari, xususan, harfiy san’atlarni majoziy ma’noda o‘rganish kabi ilmiy qarashlardan «Buxoro» teleradiokanalining «Sakkizinchi mo‘’jiza», «Asrlarning asraganlari» dasturlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2019 yil 11 dekabrdagi 1-450-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiyning boy ijodiy merosi, literonimlarning so‘z yasash imkoniyati darajasi, kitobat san’ati, she’riyatning lisoniy xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar radiokanal ijodiy jamoasining mavzu doirasida chuqurroq mulohaza yuritishi uchun zamin yaratgan.