Maxmudov Sherzod Azamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qiyin struktura tuzilishli chuqur kar`erlarda konchilik va transport uskunalarining texnologikligini samarali tadqiq qilish va baholash usullarini ishlab chiqish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/T986. 
Ilmiy rahbar: Mislibaev Ilxom Tuychibaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/30.12.2019.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Umarov Farxodbek Yarkulovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Annaqulov To‘lqin Jovbekovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: kar`erlardagi konchilik va transport uskunalari samaradorligini oshirish uchun, ularning ekspluatatsion texnologikligi va baholash uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konchilik va transport uskunalari ishlashi samaradorligini oshirishning tadqiqotda va mashinani baholashda uchta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha tizimli yondashuv asoslangan;
qazib olinadigan tog‘ jinslaridan foydalanilish va sifat xossalari bo‘yicha kar`er maydonini tabiiy-texnologik zonalarga ajratish prinsipi asoslangan;
ko‘p miqdorlik nazariyasi asosida tuzilgan kar`er ekskavatori ishlashining umumlashtirilgan modeli va unumdorlikning turli omillarga va matematik model` ishlanmasiga hamda ularni avtomatlashtirilgan hisoblash dasturi ishlab chiqilgan;
qo‘shimcha modulli funksiyalar bilan ta’minlangan uskunalarning shtatli axborot-diagnostik tizimlaridan foydalanish bilan konchilik va transport uskunalari texnologikligi aniqlash natijasida baholash va nazoratning diagnostik usullari ishlab chiqilgan;
konchilik va transport uskunalari ekspluatatsion texnologikligini ta’minlash uchun uskunalar ishlash muddatini baholash, unumdorlikni tezkor hisoblash, ehtiyot qismlarni, uskunalar xizmat ko‘rsatishining maqbul muddatini, hamda texnologiklik boshqaruv tizimini hisoblash, ish joylari faoliyati sifatini baholash usullari kabi texnik echimlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Konchilik va transport uskunalaridan foydalanish samaradorligini oshirish uchun ishlab chiqilgan usullar va texnik takliflar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
konchilik va transport uskunalari samaradorligini oshirish uslublari «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKda amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 16 oktyabrdagi 02-06-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, konchilik va transport jihozlarini ta’mirlash davomiyligini 15–20% ga, ish hajmini 12–17% ga, ehtiyot qismlar normalari sarfini 18–25% ga va ta’mirlash narxini 14–22% ga kamaytirish imkonini bergan;
EKG turidagi bir cho‘michli kar`er ekskavatorlarini maqbul ishlash muddatini aniqlash uslubi «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKda amaliyotga joriy qilingan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 16 oktyabrdagi 02-06-07-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekskavatorlardan foydalanishning me’yoriy muddatini 1,2–1,5 martaga oshirish, 75–100 ming.mash.soatgacha, yoki 3–4 ta’mirlash sikligacha etkazish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish