Nurmatov Norqobil Jo‘raevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ertapisharlikka, adaptiv qobiliyatga yo‘naltirilgan pomidorni (L. esculentum Mill.) etishtirish texnologiyasi va seleksiyasining ilmiy asoslari”, 06.01.06 – Sabzavotchilik va 06.01.05-Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Qx127.
Ilmiy maslahatchi: Aramov Muzaffar Xoshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universitetining Termiz filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/28.08.2020.Qx.13.03.
Rasmiy opponentlar: Asatov Shuxrat Ismatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Sanaev Sobir Toirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Merganov Avazxon Turgunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklar genetik resurslari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jahon kolleksiyasi namunalaridan foydalangan holda respublikaning janubiy mintaqalari tuproq-iqlim sharoitlariga mos pomidorning ertapishar nav va duragaylarini yaratish, xo‘jalik qimmatli belgilarning mavsumiy o‘zgaruvchanligini aniqlash, adaptiv qobiliyatga yo‘naltirilgan pomidor seleksiyasida muhitning rolini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ilk bor quruq subtropik sharoitda pomidorning ertapishar nav va duragaylari seleksiyasi uchun boshlang‘ich manba ajratilgan;
birinchi avlod duragaylarida qimmatli xo‘jalik belgilarning irsiylanishi va dominantlik darajasi aniqlangan;
ertapisharlikka yo‘naltirilgan pomidor seleksiyasida geterozis hodisasidan foydalanishning samaradorligi isbotlangan;
ertapisharlikka va adaptiv qobiliyatga yo‘naltirilgan pomidor seleksiyasida O‘zbekiston janubiy muhitining roli ilmiy asoslangan;
pomidor nav namunalarining adaptiv qobiliyati va ekologik barqarorligi o‘rganilib, yuqori adaptiv qobiliyatga ega pomidor nav va duragaylari seleksiyasi uchun boshlang‘ich manba ajratilgan;
muhim xo‘jalik belgilarning mavsumiy o‘zgaruvchanligi aniqlangan va ularni seleksiya jarayonida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berilgan;
ertapisharlikka va adaptiv qobiliyatga yo‘naltirilgan pomidor seleksiyasida ekologik omillardan foydalanish samaradorligi isbotlangan;
adaptiv qobiliyatga yo‘naltirilgan pomidor seleksiyasida muhitning roli va pomidorning istiqbolli ertapishar nav va G‘1 duragaylarining moslashuvchanlik xususiyati va parametrlari ilmiy asoslangan;
individual tanlov va kompleks baholash yo‘li bilan pomidorning tezpishar va adaptiv qobiliyati yuqori bo‘lgan L-1-99, L-2-99, L-3-99, L-4-99 tizmalari olingan;
pomidorning transportbop ertapishar serhosil, nav va birinchi avlod (G‘1) duragaylari yaratilgan va Davlat reestriga kiritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pomidorning seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari bo‘yicha olib borilgan izlanishlar natijalari asosida: 
xo‘jalik uchun qimmatli belgilarga ega bo‘lgan pomidorning ertapishar serxosil, Shafaq va Sevara navlari yaratilgan va 2003 yildan davlat reestriga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash dalat kamissiyasining 2016 yil 1 apreldagi 53/4-132 son ma’lumotnomasi). Tadqiqotlar natijasida tur ichida chatishtirish orqali noyob duragaylar yaratilgan va genetik belgilari o‘zida mujassamlashgan oilalar hamda tizmalar ajratib olingan.
pomidorning qimmatli belgilarga ega bo‘lgan, serhosil va ertapishar Shafaq navini etishtirish ishlanmasi Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani “Muborak-O‘ktam” fermer xo‘jaligida 15,0 ga, Termiz tumani “Termez Agro Seeds” MChJ ga qarashli ekin maydonida 23,0 ga, Muzrabot tumani “Alisher agro” fermer xo‘jaligida 10,0 ga, Qiziriq tumani “Jolg‘ashev Behruz” fermer xo‘jaligida 10,0 ga jami 58 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 apreldagi 02/029-239 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Shafaq navidan andoza naviga nisbatan gektariga 9,3 sentner qo‘shimcha xosil olingan, iqtisodiy samaradorlik gektariga o‘rtacha 12 mln. so‘mga ortgan. 
pomidorning qimmatli belgilarga ega bo‘lgan, serhosil va ertapishar Sevara navini etishtirish ishlanmasi Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani “Muborak-O‘ktam” fermer xo‘jaligida 20,0 ga, Termiz tumani “Termez Agro Seeds” MChJ ga qarashli ekin maydonida 20,0 ga, Muzrabot tumani “Alisher agro” fermer xo‘jaligida 12,0 ga, Qiziriq tumani “Jolg‘ashev Behruz” fermer xo‘jaligida 15,0 ga jami 67 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 11 apreldagi 02/029-239 son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Sevara navidan andoza naviga nisbatan gektariga 10,5 sentner qo‘shimcha hosil olingan, iqtisodiy samaradorlik gektariga o‘rtacha 11 mln. so‘mga ortgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish