Abdullaev Gaffurjon Raximjonovichning
doktorlik dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Stressning rivojlanishida mitoxondriyalar funksiyasining buzilishi va uni antigipoksantlar bilan korreksiyalash», 03.00.08–Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Talabgorning ilmiy va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga layoqati bo‘yicha test sinovidan o‘tgani haqida ma’lumot: /Guvohnoma, LA №0000695/.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 30.09.2014/B2014.5.V101.
Ilmiy maslahatchi: Almatov Karim Tajibaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Mikrobiologiya instituti, 14.07.2016. V.01.03.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Azat Taubaldievich, biologiya fanlari doktori, professor; Rajamuradov Zaynitdin Turabovich, biologiya fanlari doktori, professor; Tulyaganov Rustam Tursunovich, biologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali emotsional-og‘riq stressi rivojlanish dinamikasida oq kalamushlar organizmidagi gaz-kislorod almashinuvi, bosh miya, buyrak usti bezlari va timusdagi ayrim fiziologik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi, energetik va lipid almashinuvi, lipolitik fermentlar faolligining va LPO jarayonlarining o‘zgarishini, ularning tanasiga katatsin va benzonal kiritilganda qanday o‘zgarishlarga uchrashini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali emotsional-og‘riqli stress ta’sirida turli a’zolardagi hujayra va mitoxondriya membranalarining struktura va funksiyalarining buzilishlari xavotirlanish, rezistentlik va holsizlanish bosqichlarida bir-biridan farqlanishining molekulyar mexanizmlari aniqlangan;
stressning xavotirlanish bosqichida fosfolipazalarning gidrolitik foalliklariga nisbatan transferaza faolliklarini kuchayishi lipid va fosfolipidlarning miqdorini, «ionoqatlam»larni membranada ko‘payishiga va hujayradagi metabolizm kuchayishiga olib kelishi isbotlangan;
stressning xavotirlanish bosqichida hujayrada katexolamin va adeninnukleotid (AD)lar sintezining kuchayishi mitoxondriyalarda nafas olish va oksidlanishli fosforlanish hamda organizmda gaz-kislorod almashinuvining oshishiga bog‘liqligi aniqlangan;
fosfolipazalarning transferaza faolliklarini oshishi hujayraning struktura hamda funksiyasi, mitoxondriyada ATF sintezi, organizmda gaz-kislorod almashinuvining sog‘lom hayvonlardagi ko‘rsatkichlarga yaqinlashishiga olib kelishi rezistentlik bosqichida sodir bo‘lishi isbotlangan;
stressning holsizlanish bosqichida fosfolipazalarning gidrolitik faolliklarini oshishi hujayralarda fosfolipidlar sintezini sekinlashtirishi natijasida membranalarda «monoqatlam»larni hosil bo‘lishini, mitoxondriyaning ichki membranasidan sitoxrom s chiqishining kuchayishi aniqlangan;
katatsin va benzonal hayvonlar organizmiga kiritilganda, surunkali emotsional-og‘riqli stress ta’sirida hujayra va mitoxondriyalardagi energiya va lipid almashinuvidagi o‘zgarishlarni me’yorga yaqinlashishi yoki tenglashishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Stressning rivojlanishida mitoxondriyalar funksiyasining buzilishi va uni antigipoksantlar bilan korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
stress davrida to‘qima va mitoxondriyalardagi lipidlar, fosfolipidlar miqdorining LPO jarayoni va fosfolipazalar faolliklari o‘zgarishi aniqlangan bo‘lib, bu ilmiy natijalardan Amity university (Hindiston) tadqiqotchi olimlari o‘zlarining ilmiy ishlarida foydalanishmoqda (Amity university (Hindiston)ning 2016 yil 30 sentyabrdagi ma’lumotnomasi). Ma’lumotlar to‘qimalardagi lipid, xolesterin, fosfolipid va lizofosfolipidlarning miqdorining o‘zgarishi, lipolitik enzimlarning faolliklarini kuchayishi va LPO jarayonining faollashuvi stressning patologik ta’sir mexanizmini belgilashda asosiy omillardan biri ekanligini ko‘rsatdi;
stressning rivojlanishida organizm to‘qima va mitoxondriyalarida lipidlar almashinuvining, LPO jarayonlarining va mitoxondriyalarda fosfolipazalar faolliklarining o‘zgarishi bo‘yicha olingan natijalar OT-F3-109 «Ateroskleroz muammosi etiopatogenezining yangi tomonlarini ilmiy asoslash, uni bosqichma-bosqich reablitatsiyasi dasturini va oldini olish, davolash uslublarini immunokorrektorlar, tabiiy va sun’iy fizik omillardan foydalangan holda ishlab chiqish» ilmiy loyihasida (NamDU, 2007–2011 yy.) emotsional stress ta’sirida yuzaga keladigan aterosklerozning turli bosqichlarida lipidlar almashinuvini va lipolitik enzimlarning o‘zgarishlarini aniqlashda foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2016 yil 9 noyabrdagi FTK-03-13/780-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi aterosklerozning turli bosqichlarida lipid va fosfolipidlar almashinuvining izdan chiqishini immunokorrektorlar bilan davolashga xizmat qilgan.